Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun – 2021-yil 30-yanvar).
| Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov | |
|---|---|
| Mansab davri 2019-yil 4-iyun – 2021-yil 30-yanvargacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Gʻulomjon Ibragimov |
| Vorisi | Davron Hidoyatov |
| Mansab davri 2018-yil – 2019-yilgacha | |
| Mansab davri 2017-yil – 2018-yilgacha | |
| Mansab davri 2016-yil – 2017-yilgacha | |
| Mansab davri 2003-yil – 2008-yilgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1961 Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlagan.
1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlagan.
2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindi. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rustam Xolmatovni ishdan boʻshatish niyati boʻlmaganini lekin, uning oʻzi ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozganini maʼlum qilgan.
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni (2002-yil 27 avgust)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rustam xolmatov haqida ma’lumot. rustam xolmatov nima? rustam xolmatov nimani anglatadi?

