Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyatda koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzar

Mustaqillik

Mustaqillik – davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyatda koʻrsatishi. Mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.

Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi.

Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991-yil 31-avgust kuni kabul kilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991-yilning avgustida „Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atashdi.

Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti, ta’lim tizimi, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Milliy qadriyatlar, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini tiklash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirildi.

Har yili 1-sentabr bayram tadbirlari mamlakatimizning barcha hududlarida katta tantanalar bilan nishonlanadi. Bayram arafasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari tashkil etiladi. Shahar va qishloqlarda ko‘chalarga bayramona bezaklar beriladi, odamlar orasida bayramona kayfiyat hukm suradi.

Bayramning asosiy tadbirlari mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida bo‘lib o‘tadi. Bu maydon mamlakatimiz mustaqilligining ramzi hisoblanib, har yili davlat rahbari tomonidan xalqimizga tabrik so‘zi yo‘llanadi. Mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan insonlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.

Mustaqillik kuni – har bir o‘zbekistonlik qalbida faxr va g‘urur hissini uyg‘otadigan kun. Bu kun milliy birlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, yosh avlodga mamlakatimiz erishgan yutuqlar, ozodlik va mustaqillikning qadr-qimmati haqida tushuntirish, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan barqaror va ishonch bilan qadam tashlamoqda. Mustaqillik tufayli xalqimiz xalqaro hamjamiyatda o‘z munosib o‘rnini topdi, xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatildi.

Xulosa qilib aytganda, Mustaqillik kuni – nafaqat tarixiy sana, balki kelajak avlod oldida katta mas’uliyat hamdir. Har bir fuqaro uchun o‘z mamlakati mustaqilligini asrash, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilish eng muhim vazifadir. !

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mustaqillik haqida ma’lumot. mustaqillik nima? mustaqillik nimani anglatadi?

Yuqori