Polifiliya (poli... va yun. phylon — avlod, qabila) — muayyan organizmlar guruhining tarixiy jarayonda yaqin qarindosh boʻlmagan bir qancha ajdod guruhlardan kelib chiqishi. P. konvergensiya asosida amalga oshadi va divergensiyaga asoslangan evolyusion prinsip — monofiliyaga qarshi qoʻyiladi. Filogenetik sistematika nuqtai na-zaridan mazkur taksonning polifilitik kelib chiqqanligini aniklash uni monofilitik guruhlarga boʻlishni taqozo etadi. Masalan, ilgari bitta turkumga kiritilgan quyonlar va kemiruvchilarning polifilikligi aniqlangan. Hozirgi bu 2 guruh kemiruvchilar va tovush-qonsimonlar turkumlariga ajratiladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, polifiliya haqida ma’lumot. polifiliya nima? polifiliya nimani anglatadi?