Tabulatura (lotincha: tabula — taxta, jadval) — nota yozuvining ilk shakllaridan. Tabulatura muayyan musiqa asbobiga moʻljallangan boʻlib, unda musiqa asari jadval shaklida, musiqiy tovushlar esa harflar, raqamlar va boshqa maxsus belgilar yordamida ifodalanadi. Bu yozuv odatda pardali torli asboblar uchun qoʻllanadi.

Tarixi
Musulmon Sharqi musiqa ilmida tabulatura 10-asrdan maʼlum. Forobiy, Safiuddin al-Urmaviy, ash-Sheroziylar ud uchun, Komil Xorazmiy tanbur pardalariga moslashtirilgan tabulaturalarni yaratgan. Yevropada 14—18-asrlarda qoʻllanilib, organ, lyutnya, klavir kabi cholgʻular uchun moʻljallangan.
Yana qarang
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tabulatura haqida ma’lumot. tabulatura nima? tabulatura nimani anglatadi?