Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Safiyuddin Urmaviy va ya Safiyuddin Urmaviy Ozarbayjonliy, Safiyuddin Abdulmoʻʼmin bin Yusuf alUrmaviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya — 1294, Bagʻdod) — Sharq

Safiuddin al-Urmaviy


Safiyuddin Urmaviy va ya Safiyuddin Urmaviy Ozarbayjonliy, Safiyuddin Abdulmoʻʼmin bin Yusuf alUrmaviy (1215, Eron Ozarbayjoni, Urmiiya — 1294, Bagʻdod) — Sharq musiqa nazariyotchisi, bastakor, sozanda va xonanda. S. alU. Bagʻdodda vafot etganligi sababli Gʻarb olimlari alBagʻdodiy deb ham yuritadilar. Mahmud ashSheroziyning yozishicha, oʻz zamonasining Sharq musiqa nazariyasi boʻyicha tengsiz olimi boʻlgan. Uning "Kuy yaratishga doir Sharafiya (Sharafuddin) risolasi" ("Risolat ushSharafiyya finnisbatittaʼlifiyya"), "Musiqa va ritm doiralari kitobi" ("Kitob uladvor") asarlari Sharq musiqa nazariyasi taraqqiyoti tarixida alohida oʻrin tutadi. S. alU. bu risolalarida Oʻn imey maqom, olti ovoza, 24 shoʻba va usul doira (turkum)larini birinchi boʻlib yaxlit tizimga solib oʻrganib chiqdi. Shuningdek, mazkur asarlarida nagʻma hosil etiladigan manbalar, boʻʼdlar, jinslar, jamlar, alhon, cholgʻu asboblar, iyqo masalalarini tahlil qilgan. S. alU. nazariy qarashlarini, musiqa ijrosiga doir fikrlarini isbotlash uchun Sharq xalqlari kuylaridan 2 tasini jadvallashtirib, dastlabki nota yozuvlarini ixtiro qilgan. S. alU.ning musiqaga doir risolalari Sharq xalqlari, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida alohida oʻrin egallaydi. Uning ikkala kitobini fransuz olimi D.R.Erlanje fransuz tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan.

Safiyuddin Urmaviy Ozarbayjonliy
Tavalludi 1216
Urmiya
Vafoti 1294
Ijod qilgan tillari Arab tili va Fors tili
Fuqaroligi Gʻarbiy Ozarbayjon ustoni

Adabiyot

  • Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, safiuddin al-urmaviy haqida ma’lumot. safiuddin al-urmaviy nima? safiuddin al-urmaviy nimani anglatadi?

Yuqori