Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bernardo Houssay (1887.10.4, Buenos-Ayres — 1971.21.9) — argentinalik fiziolog. Argentina biologiya jamiyatining prezidenti. Buenos-Ayres universitetini tugatga

Bernardo Houssay

Bernardo Houssay (1887.10.4, Buenos-Ayres — 1971.21.9) — argentinalik fiziolog. Argentina biologiya jamiyatining prezidenti. Buenos-Ayres universitetini tugatgan, shu joyda professor (1910-yildan; tibbiyot doktori, 1911). Buenos-Ayresda biologiya va eksperimental tibbiyot institutiga asos solgan va direktori boʻlgan (1943—55). Ilmiy faoliyati fiziologiya va endokrinologiyaga oid. Qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonlarining uglevodlar almashinuvidagi ahamiyatini, shuningdek, qandli diabet kasalligida uglevodlar almashinuvi izdan chiqishini aniqlagan. AQSH Milliy Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, London qirollik jamiyati va boshqa Fanlar akademiyasi hamda jamiyatlar aʼzosi. Nobel mukofoti laureati (1947).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bernardo houssay haqida ma’lumot. bernardo houssay nima? bernardo houssay nimani anglatadi?

Yuqori