Alisher Anvarovich Aʼzamxoʻjaev (1957-yil 10-aprel, Sirdaryo viloyati) – oʻzbek huquqshunosi va diplomati. 2025-yildan buyon Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi. 2017-yildan Oʻzbekistonning Turkiya va Bolgariya Respublikalaridagi favqulodda va muxtor elchisi, 1995—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Muvaqqat ishlar vakili.
| Alisher Anvarovich Aʼzamxoʻjayev | |
|---|---|
| Mansab davri 2017-yildan – 2025-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ulfat Qodirov |
| Vorisi | Ilhom Haydarov |
| Mansab davri 1995-yildan – 1998-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | Shomansur Shohalilov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-aprel 1957-yil Sirdaryo viloyati |
| Mukofotlari | |
Hayoti
1957-yil 10-aprelda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Toshkent universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1980–1982 – „Toshkentmebel“ ishlab chiqarish birlashmasi huquqshunosi, ustasi.
1982-yilda Toshkent shahar partiya komitetida ishlagan.
SSSR Oliy Kengashining oxirgi chaqiriq deputati, SSSR Oliy Kengashi Respublikalar Kengashining aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati, faxriylar va yoshlar ishlari boʻyicha qoʻmitasi rahbari boʻlgan.
1995-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi.
1995-yildan 1998-yil noyabrigacha – Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi muvaqqat ishlar vakili.
1998-yildan 2000-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari boshqarmasi boshligʻi.
2000-yildan 2012-yilgacha – „Crown Furniture LTD“ xorijiy korxonasi bosh direktori.
2012—2017 – „Omad yulduzi“ MChJ bosh direktori.
2017-yilning iyulidan sentabriga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan 2025-yilgacha – O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2018-yildan 2025-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasining Bolgariya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2025-yildan buyon Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi.
“Turk dunyosi oldidagi xizmatlari uchun” mukofoti bilan taqdirlangan. Rus, ingliz va turk tilini yaxshi biladi.
Uylangan, toʻrt farzandi bor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alisher aʼzamxoʻjayev haqida ma’lumot. alisher aʼzamxoʻjayev nima? alisher aʼzamxoʻjayev nimani anglatadi?


