„Olovli yoʻllar“ (ruscha: Огненные дороги) — 1977–1984-yillarda Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan kinoroman.
| Olovli yoʻllar | |
|---|---|
| Turi | drama tarixiy film biografik film |
| Rejissyor | Shuhrat Abbosov |
| Rollarda | Oʻlmas Alixoʻjayev Tamara Shokirova Nabi Rahimov Yoqub Ahmedov Igor Dmitriyev Danuta Stolyarskaya Yuriy Dubrovin Yuriy Gusev Sergey Yakovlev Natalya Varley |
| Mamlakat | |
| Qismlar soni | 17 |
| Efirga uzatilishi | |
| Telekanal | Oʻzbekfilm |
| Translyatsiya davri | 5-mart 1979-yil — 1984-yil |
Tavsifi
Serialda oʻzbek shoiri, dramaturgi, bastakori va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida hikoya qilinadi. Kinoroman Komil Yashinning „Hamza“ asariga asoslangan boʻlib 5 ta filmdan iborat:
- Film 1 (1—4 qismlar). „Shoirning yuragi“ (1978-yil).
- Film 2 (5—8 qismlar). „Haqiqatni izlab“ (1979-yil).
- Film 3 (9—12 qismlar). „Inqilob kuychisi“ (1982-yil).
- Film 4 (13—14 qismlar). „Kurashayotgan Turkiston“ (1984-yil).
- Film 5 (15—17 qismlar). „Mening respublikam“ (1984-yil).
Rollarda
- Oʻlmas Alixoʻjayev – Hamza
- Nabi Rahimov – Ibn Yamin
- Poʻlat Saidqosimov – Zavqiy
- Yoqub Ahmedov – Ismoilxoʻja
- Abdulxayr Qosimov – Ahmadboy
- Dilorom Qambarova (Film 1) – Zubayda
- Tamara Shokirova – Yulduzxon
- Bahodir Yoʻldoshev – Olchinbek
- Razzoq Hamroyev – shayx
- Javlon Hamroyev – Matqovul
- Shavkat Abdusalomov – Umid Abdusalomov
- Murod Rajabov – Gʻofur
- Maqsud Mansurov – Hidoyat
- Botir Zokirov (Film 3) – Rabindranat Tagor
- Shuhrat Ergashev (Film 3, 5) – tahririyat aʼzosi
- Sanʼat Devonov – Fayzulla Xoʻjayev
- Olimjon Toshkenboyev – Yoʻldosh Oxunboboyev
- Gʻani Aʼzamov – mulla
- Zikir Muhammadjonov (Film 5) – Shavkat
Tanqindlar
Tohir Malik „Po‘rtanali ummonda suzar hayot qayig‘i“ nomli asarida ushbu filmni „yolg‘on bilan to‘ldirilgani“ va „odamlarning nafrati va kulgisiga qolganini“ haqida yozgan. Shuningdek Hamzaning hind yozuvchisi Robindranat Tagor bilan uchrashgan sahnasi tarixiy haqiqatga mos kelmasligi taʼkidlab, Oʻzbekfilmni „Yolg‘onchifilm“ deb atagan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, olovli yoʻllar haqida ma’lumot. olovli yoʻllar nima? olovli yoʻllar nimani anglatadi?