- Vikipediyada ismi Murod va familiyasi Asqarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Asqarov Murod Erkebayevich — 2013—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari. 2009—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.
| Murod Erkebayevich Asqarov | |
|---|---|
| Mansab davri 2009-yildan – 2013-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Vohidov |
| Vorisi | Dilyor Hakimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 7-mart 1974-yil Toshkent |
Biografiyasi
1974-yil 7-martda tugʻilgan.
1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetini siyosiy fanlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, nemis va turk tillarini biladi.
1997-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy boshqarmasi referenti.
1999-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.
2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy rejalashtirish guruhining 3-kotibi.
2005-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi 2-kotibi, 1-kotibi, boshligʻi oʻrinbosari.
2009-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.
2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, murod asqarov haqida ma’lumot. murod asqarov nima? murod asqarov nimani anglatadi?

