Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabr; Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. 2023-yil boshidan 2023-yil 11-aprelga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va mehnat vaziri oʻrinbosari.
| Nozim Bahtiyorovich Husanov | |
|---|---|
| Fayl:NozimHusanov1.jpg | |
| Mansab davri 2023-yil – 2023-yil 11-aprel | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Mansab davri 2019-yil 19-sentabr – 2022-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherzod Qudbiyev |
| Mansab davri 2018-yil – 2019-yil | |
| Hokim | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
| Oʻtmishdoshi | Bahtiyor Sultonovich Raxmonov |
| Vorisi | Bahtiyor Shomurodov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 19-sentyabr 1979-yil Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbek SSR |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Nozim Husanov 1976-yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy.
Taʼlim
1997-yilda – Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, 2002-yilda – Toshkent moliya institutini tamomlagan, 2007-yilda – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1997-yilda „Saʼdilla“ jamoa korxonasi buxgalteri sifatida boshlagan, soʻngra bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanadi. 1998-yildan „Tadbirkorbank“ aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi. 1999-yildan banknkng Toshkent viloyati Keles boʻlimi bosh mutaxassisi, soʻngra boshqaruvchi oʻrinbosari, 2002-yildan boshlab esa boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, bank amaliyot boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2004-yildan Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshligʻi, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida ishladi. 2005-yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 2010-yilda Toshkent viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2011-yilda – Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlaydi. 2013-yildan esa Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2014—2016-yillarda „Mikrokreditbank“ boshqaruv raisi boʻlib ishlagan. 2016-yilda Toshkent shahar hokimiligiga õtib, u yerda hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2017-yilda hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlaydi. 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. 2019-yil 12-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mukofotlari
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi.
Xorijiy mamlakatlarga tashriflar
Nozim Husanov 2021-yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Moskva shahrida Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Uchrashuvda Oʻzbekistonlik migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nozim husanov haqida ma’lumot. nozim husanov nima? nozim husanov nimani anglatadi?

