Neoplatonizm (neo... va platonizm) — yunon falsafasidagi oqim. 3— 6-asrlarda paydo boʻlgan. N. namoyandalari Plotin, Porfiriy, Prokl. N. vakillari Platonntg moddiy dunyo gʻoyalar dunyosining soyasi ekanligi toʻgʻrisidagi fikrini yana ham diniy shaklda bayon etdilar. N.ning asosiy mazmuni Platon triadasi — "yagona", "aql" (nus), "jon" dialektikasini ishlab chiqishdan iborat. Unga koʻra, borliqning asosida xudo, qandaydir bilish va tushuntirib berish mumkin boʻlmagan boshlangʻich mohiyat yotadi. Eng oliy mohiyat — xudo emanatsiya yoʻli bilan avval dunyo-viy aklni, keyin dunyoviy ruhni yara-tadi, undan keyin — soʻnggi bosqichda idrok qilinadigan moddiy dunyoni yaratadi. Neoplatonchilar fikricha, insonning yashashidan maqsad — ruhni tanadan, gunoxlardan xalos etib, yana xudoga yaqinlashishdan, uning sharofatiga erishishdan iborat. Insonning gunohga botib qolganligini asoslashga urinish, inson fikrining erkin-ligi va mustaqilligiga ishonmaslik — N.da uchraydigan asosiy belgilar deb hisoblashadi. N.islom falsafasiga ham muayyan taʼsir koʻrsatgan. Suxravardiy va Gʻazoliy qarashlarida, tasavvuf taʼlimotida N.ning baʼzi belgilarini uchratish mumkin.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, neoplatonizm haqida ma’lumot. neoplatonizm nima? neoplatonizm nimani anglatadi?