Angliya-Burlar urushi (1899-1902) — Angliyaning Janubiy Afrikadagi Bur (Transvaal va Oranjevaya) respublikalariga qarshi olib borgan bosqinchilik urushi. Angliyaning Bur respublikasida yashovchi inglizlarga ham saylov xuquqi berish toʻgʻrisidagi talabiga Transvaal prezidentining rad javobi urushning kelib chiqishiga bahona boʻldi. Urush qariyb 4 yil davom etdi. Oqibatda burlar maglubiyatga uchradilar. 1902-yil shartnomasiga muvofiq, Transvaal va Oranjevaya respublikalari Angliya mustamlakasiga aylantirildi. 1910-yil Bur respublikalari Angliya qoʻl ostidagi Janubiy Afrika Ittifoqi (1961-yildan boshlab JAR)ga qoʻshib olindi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, angliya-burlar urushi haqida ma’lumot. angliya-burlar urushi nima? angliya-burlar urushi nimani anglatadi?