Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bobur stadioni (Sobiq Sog'lom Avlod stadioni) — Oʻzbekistonning Andijon shahridagi koʻp maqsadli stadion. Ushbu stadionda turli sport musobaqalari va futbol oʻy

Bobur stadioni

Bobur stadioni (Sobiq Sog'lom Avlod stadioni) — Oʻzbekistonning Andijon shahridagi koʻp maqsadli stadion. Ushbu stadionda turli sport musobaqalari va futbol oʻyinlari oʻtkaziladi. Stadionning uy jamoasi Andijon futbol klubi hisoblanadi. Stadion yuzasi cim bilan qoplangan boʻlib 18,360 kishiga moʻljallangan. Andijon shahridagi „Sog‘lom avlod“ stadioni Andijon viloyati O‘rta maxsus taʼlim boshqarmasiga qarashli. 2006-yilda qurilgan stadion butun shaharning bezagi hisoblanadi. 2007-yilda „Barkamol avlod“ musobaqasi, 2010-yilda „Sog‘lom avlod“ umumo‘zbek Universiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Stadion tribunalari 18360 tomoshabinni sigʻdira oladi.

Bobur stadioni
Bobur stadioni
Sobiq nom(lar)i Sog'lom Avlod stadioni
Joyi Andijon, Oʻzbekiston
Qachon qurilgan 2003-yil
Qachon ochilgan 2003-yil
Egasi Andijon
Operator Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Yuzasi tabiiy chim, grass
Hajmi 18.360
Maydon oʻlchami 105m x 68m
Maydon egalari
Andijon FK

Tarixi

Stadion yuzasi cim bilan qoplangan boʻlib 18,360 kishiga moʻljallangan. Andijon shahridagi „Sog‘lom avlod“ stadioni Andijon viloyati O‘rta maxsus taʼlim boshqarmasiga qarashli. 2006 yilda qurilgan stadion butun shaharning bezagi hisoblanadi. 2007-yilda „Barkamol avlod“ musobaqasi, 2010-yilda „Sog‘lom avlod“ umumo‘zbek Universiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Stadion tribunalari 18360 tomoshabinni sigʻdira oladi.

Tavsifi

Stadionda jami 32ta sektor mavjud boʻlib, 18365 nafar tomoshabinga moʻljallangan. Muxlislarni stadionga kirish xududi bitta joydan, usta eshik orqali kirishlari mumkin boʻladi. Avtoulov bilan stadionga kirish xududi esa 3ta.

Xalqaro va mahalliy uchrashuvlar

Oʻzbekiston barcha toifadagi futbol terma jamoalari, shuningdek, Oʻzbekiston Superligasi, Oʻzbekiston Kubogi oʻyinlari, boshqa oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazib kelinadi. 2025-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finali va 2026-yilgi Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvlari oʻtkazilgan.

Yana qarang

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bobur stadioni haqida ma’lumot. bobur stadioni nima? bobur stadioni nimani anglatadi?

Yuqori