Xoʻjabaqirgʻon yoki Xoʻjabaqirgan — Fargʻona vodiysidagi daryo. Turkiston tizmasining shimoliy yon-bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 130 km. Havzasining umumiy maydoni 2150 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,3 m³sek. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Koʻp qismi Qirgʻiziston hududidan oqadi, suvi sugʻorishga sarflanib, Tojikistonning Xoʻjand shahri yaqinida tugaydi.
| Xoʻjabaqirgʻon | |
|---|---|
![]() Xoʻjabaqirgʻon/Xoʻjabaqirgan daryosi Qirgʻizistonning Qayragʻoch qishlogʻida | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 130 |
| Davlat | Tojikiston va Qirgʻiziston |
| Xoʻjabaqirgʻon | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, xoʻjabaqirgʻon haqida ma’lumot. xoʻjabaqirgʻon nima? xoʻjabaqirgʻon nimani anglatadi?
