Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Diyor Bakr (arabcha: دِيَارُ بَكرٍ‎‎) Jaziraning (Yuqori Mesopotamiya) uchta viloyatidan birining oʻrta asrlardagi arabcha nomi, qolgan ikki viloyat Diyor Mudar

Diyor Bakr

Diyor Bakr (arabcha: دِيَارُ بَكرٍ‎) Jaziraning (Yuqori Mesopotamiya) uchta viloyatidan birining oʻrta asrlardagi arabcha nomi, qolgan ikki viloyat Diyor Mudar va Diyor Rabi’a deb nomlangan. Oʻrta asr geografi Balozuriy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, bu uch viloyat VII asr musulmon istilolari davomida xalifa Muoviya oʻsha yerlarga joylashtirgan asosiy arab qabilalarining nomlari bilan atalgan. Diyor Bakr hududiga Banu Bakr qabilasining Rabi’a tarmogʻi joylashgan, shu sababli bu ikki viloyat baʼzida umumiy tarzda „Diyor Rabi’a“ deb ham yuritiladi. Keyinchalik turk tilida „Diyor Bakr“ atamasi sobiq viloyatning gʻarbiy qismini, yaʼni Amid shahri atrofidagi hududni anglatgan, shu sababli Amid shahri turk tilida Diyarbakir nomi bilan atala boshlagan.

Oʻrta asrlarda Jazira (Yuqori Mesopotamiya) va uning viloyatlari xaritasi

Diyor Bakr Dajla daryosi yuqori oqimining har ikki qirgʻogʻidagi hududni oʻz ichiga oladi. Bu hudud daryoning irmoqlaridan boshlanib, daryo yoʻnalishi gʻarbdan sharqqa tomon oʻzgarib, janubi-sharqqa buriladigan joyigacha choʻzilgan. Asosiy shahri Amida (arabcha Amid) boʻlib, tarkibida Mayyafariqin, Hisn Kaifa va Arzan kabi yirik aholi punktlari ham mavjud boʻlgan. Geografik va siyosiy jihatdan, ilk islom davrida Diyor Bakr, asosan, Jazira hududiga tegishli boʻlgan, biroq baʼzida shimoldagi Armaniston viloyati bilan birlashtirilgan. IX asr oxirlarida bu hududni Iso ibn ash-Shayx ash-Shayboniy asos solgan mustaqil sulola boshqargan. X asr oʻrtalarida mintaqa Hamdoniylar qoʻliga oʻtgan. Biroq ushbu sulola hukmronligiga avval Buvayhiylar (978—983-yillarda), soʻngra Marvoniylar daʼvo qilishgan.

Marvoniylar amirligi mintaqada deyarli bir asr hukmronlik qilgach, 1084—1085-yillarda Saljuqiylar imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan. 1092-yilda Malikshoh I ning vafotidan soʻng Saljuqiylar saltanati qulagach, mintaqada bir qator kichik amirliklar paydo boʻldi. Ular orasida Mardin artuqiylari eng ahamiyatlisi boʻldi. XII asr oxirlarida viloyat Ayyubiylar nazoratiga oʻtgan boʻlsa, XIII asr oʻrtalarida sharqda Ayyubiylar, gʻarbda esa Amida atrofini boshqargan Rum saljuqiylari oʻrtasida taqsimlandi. Taxminan 1260-yilda hududni moʻgʻullar zabt etgan bo'lsa-da, mahalliy hukmdorlarga vassallik asosida hokimiyatni boshqarishga ruxsat berilgan. XIV asrda hududni Oq qoʻyunlilar zabt etgan. Ular Qora qoʻyunlilar va soʻnggi Ayyubiy shahzodalar bilan mintaqa ustidan hukmronlik uchun kurash olib borgan. XVI asr boshlarida qisqa muddat Safaviylar davlati tasarrufida boʻlgach, 1516-yilda Usmoniylar davlati nazoratiga oʻtgan.

Adabiyotlar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

  • Hagemann, Hannah-Lena (2019). "Whence Diyār Bakr? An Inquiry into Early Jazīran Administrative Geography". Der Islam 96 (2): 324–344. doi:10.1515/islam-2019-0026. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, diyor bakr haqida ma’lumot. diyor bakr nima? diyor bakr nimani anglatadi?

Yuqori