- Vikipediyada ismi Karim va familiyasi Kamolov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Karim Jamalovich Kamolov (1954-yil, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 22-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999—2004), Buxoro shahar hokimi (1994—2007, 2017—2020) va Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.
| Karim Kamolov | |
|---|---|
| Mansab davri 2020-yil 29-martdan – 2020-yil 22-avgustgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Oʻktam Barnoyev |
| Vorisi | Botir Zaripov |
| Mansab davri 2017-yildan – 2020-yilgacha | |
| Mansab davri 1994-yildan – 2007-yilgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1954 Buxoro, OʻzSSR |
| Maʼlumoti | Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Karim Kamolov 1954-yilda Buxoroda tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini tamomlagan.
Buxoroning 49-okrugidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati (1999—2004). 1994—2007-yillarda Buxoro hokimi. 2007—2017-yillarda — MChJ 20-trest bosh direktori. 2017-yilda yana Buxoro hokimi boʻldi, ushbu lavozimda 2020-yil 29-fevralgacha faoliyat yuritdi. 2020-yil 29-martdan 22-avgustgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishladi.
2020-yil 22-avgustda Toshkentda COVID-19ga chalinganligi sababdan vafot etdi, 30-iyundan boshlab koronavirusni davolashda edi. Buxorodagi Xazrati Imom qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlar
„Doʻstlik“ va „Mehnat Shuxrati“ ordenlari bilan taqdirlangan (29.08.2019).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, karim kamolov haqida ma’lumot. karim kamolov nima? karim kamolov nimani anglatadi?
