Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ronaldo de Assis Moreira (1980-yil 21-martda tugʻilgan) – Ronaldinho Gaucho yoki Ronaldinho nomi bilan mashhur boʻlgan, braziliyalik sobiq professional futbolch

Ronaldinho

Ronaldo de Assis Moreira (1980-yil 21-martda tugʻilgan) – Ronaldinho Gaucho yoki Ronaldinho nomi bilan mashhur boʻlgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi yoki chap qanot hujumchisi sifatida oʻynagan. U barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, FIFA tomonidan ikki marta „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ va bir marta „Oltin toʻp“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Ronaldinho jahon chempionati, Amerika kubogi, Konfederatsiyalar kubogi, Chempionlar ligasi, Libertadores kubogi va „Oltin toʻp“ni yutgan yagona futbolchidir. Sportning global ramzi boʻlgan Ronaldinho oʻzining ajoyib dribling mahorati, aniq jarima zarbalari, fintlari, jamoadoshlariga qaramsdan bergan uzatmalari va bosh ustidan urgan zarbalari, shuningdek, gol urish va gollar yaratish qobiliyati bilan mashhur edi. Faoliyati davomida u dunyodagi eng qimmatbaho futbolchilardan biri boʻlgan. Ronaldinho shuningdek, „O Bruxo“ („Sehrgar“) laqabi bilan ham tanilgan.

Ronaldinho
Ronaldinho (2019-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ronaldo de Assis Moreira
Tavallud sanasi 21-mart 1980-yil (1980-03-21) (45 yosh)
Tavallud joyi Porto Alegri, Braziliya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987—1998 Grêmio
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2001 Grêmio 89 (47)
2001—2003 Paris Saint-Germain 55 (17)
2003—2008 Barcelona 145 (70)
2008—2011 AC Milan 76 (20)
2011—2012 Flamengo 56 (23)
2012—2014 Atlético Mineiro 58 (20)
2014—2015 Querétaro 25 (8)
2015 Fluminense 7 (0)
Total 511 (205)
Milliy terma jamoa
1997 Braziliya U17 13 (3)
1998—1999 Braziliya U20 17 (8)
1999—2000 Braziliya U23 19 (15)
2008 Braziliya olimpiya (O. F.) 8 (3)
1999—2013 Braziliya 97 (33)
Tavalludi 21-mart 1980
Fuqaroligi Braziliya va Ispaniya
Imzosi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ronaldinho haqida ma’lumot. ronaldinho nima? ronaldinho nimani anglatadi?

Yuqori