- Vikipediyada ismi Laziz va familiyasi Qudratov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Laziz Qudratov – Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.
| Laziz Qudratov | |
|---|---|
Лазиз Қудратов | |
![]() | |
| Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri | |
| Mansab davri 2022-yil 30-dekabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Jamshid Xoʻjayev |
| 1-Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori | |
| Mansab davri 2021-yil 18-avgust – 2022-yil 30-dekabr | |
| Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari | |
| Mansab davri 2017-yil iyun – 2021-yil 18-avgust | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1981-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya) |
Bolaligi
1981-yil Toshkent shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.
Laziz Qudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi raisining Birinchi oʻrinbosari etib saylandi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2019-yilning yanvarida qoʻmita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir oʻrinbosari lavozimida ishlashni boshladi.
Avvalgi birinchi oʻrinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Qudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi. Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Qudratov konferensiyada nutq soʻzladi.
2022-yilning 2-avgust kunida Qudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi. U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, laziz qudratov haqida ma’lumot. laziz qudratov nima? laziz qudratov nimani anglatadi?
