Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Safoyev Sodiq Solihovich (1954-yil 3-fevral, Toshkent) — Oʻzbekistonning 1993-yilda va 2003-2005-yillardagi Tashqi ishlar vaziri.

Sodiq Safoyev

Safoyev Sodiq Solihovich (1954-yil 3-fevral, Toshkent) — Oʻzbekistonning 1993-yilda va 2003-2005-yillardagi Tashqi ishlar vaziri.

Safoyev Sodiq Solihovich
Сафоев Содиқ Солиҳович
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2005-yildan – 2015-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Alisher Kurmanov
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
2003-yildan – 2005-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdulaziz Komilov
Vorisi Elyor Gʻaniyev
Mansab davri
1993-yilda
Oʻtmishdoshi Ubaydulla Abdurazzoqov
Vorisi Saidmuxtor Saidqosimov
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi
Mansab davri
1996-yilda
Oʻtmishdoshi Alisher Fayzullayev
Vorisi Vladimir Norov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-fevral 1954-yil (1954-02-03) (72 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeniAndoza:Yuksalayotgan quyosh ordeni

Biografiyasi

Maʼlumoti — oliy, 1976-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1976—1987 — Toshkent davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi.

1987—1990 — OʻzSSR Kommunistik Parityasi markaziy qo'mitasi metodisti, sektor mudiri.

1990—1991 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim.

1991—1992 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvonining xalqaro iqtisodiy aloqalar boʻlimida yetakchi konsultant, boʻlim mudiri.

1992—1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1993-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.

1993—1996 — Oʻzbekiston Respublikasining Gеrmaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, oʻrindoshlik asosida — Oʻzbekiston Respublikasining Nidеrlandiya va Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

1996-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi.

1996—2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Amеrika Qoʻshma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, oʻrindoshlik asosida — Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2003—2005 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Tashqi ishlar vaziri, bir vaqtda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.

2005-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi.

2013-yildan buyon – Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi.

2015-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari.

2021-yildan, shuningdek — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.

Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sodiq safoyev haqida ma’lumot. sodiq safoyev nima? sodiq safoyev nimani anglatadi?

Yuqori