Dmitriy Romanovich Li (Дмитрий Романович Ли) — oʻzbekistonlik texnolog va davlat arbobi.
| Dmitriy Li | |
|---|---|
| Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori | |
| Mansab davri 2019-yil 10-yanvardan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 21-avgust 1982-yil Toshkent |
Biografiyasi
Dmitriy Li Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimida, mashinasozlik va metallurgiya sohalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2018-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan.
2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori boʻlgan.
2022-yil 29-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
2024-yil 26-oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd qilingan. Suiqasd ishi doirasida Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi ikki nafar chechenistonlik — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovni xalqaro qidiruvga bergan. Ular Allamjonovdan tashqari Dmitriy Liga suiqasd urinishiga aloqadorlikda gumonlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dmitriy li haqida ma’lumot. dmitriy li nima? dmitriy li nimani anglatadi?