Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov – oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2011-2017-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Indoneziya va Vyetnamdagi elchisi, OTIHTdagi vakili boʻlgan.
| Ulugʻbek Rozukulov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2018-yil 20-apreldan – 2023-yil 23-martgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Shavkat Jamolov |
| Vorisi | Oybek Eshonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 3-may 1969-yil Nurafshon, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1969-yil 3-mayda Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida tugʻilgan.
Taʼlim
1991-yilda Moskva davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
1996-yilda Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot institutining aspiranturasini tugatgan.
Mehnat faoliyati
1992—1997 – Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi.
1997—1998 – Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining gʻaznachilik bosh boshqarmasi rahbari.
1998—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi rahbari.
2003—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari.
2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari.
2006-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Birlashgan tahliliy departamenti direktori.
2006—2007 – O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori.
2007—2017 – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.
2008—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – „Oʻzavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari.
2011—2017 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori.
2017—2018 – Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi Bosh direktori.
2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2023-yildan – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ulugʻbek roʻziqulov haqida ma’lumot. ulugʻbek roʻziqulov nima? ulugʻbek roʻziqulov nimani anglatadi?


