Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

UEFA Yevro 2024 (inglizcha: 2024 UEFA European Football Championship yoki EURO 2024, olmoncha: 2024 UEFA-Fußball-Europameisterschaft ) — Futbol boʻyicha oʻn yet

UEFA Evro-2024

UEFA Yevro 2024 (inglizcha: 2024 UEFA European Football Championship yoki EURO 2024, olmoncha: 2024 UEFA-Fußball-Europameisterschaft ) — Futbol boʻyicha oʻn yettinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2024-yilning 14-iyunidan 2024-yilning 14-iyuligacha Germaniyada oʻtkazilgan. Musobaqa gʻolibi 2025-yilgi KONMEBOL – UEFA Chempionlar Kubogida 2024-yilgi Amerika Kubogi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Turnirda 24 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Gruziya terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etgan.

UEFA Yevro 2024
Fußball-Europameisterschaft 2024
(olmoncha)


United by Football.
Vereint im Herzen Europas.

(Yevropaning yuragida birlashgan.)
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Germaniya
Sana 14-iyun–14-iyul
Jamoalar 24
Bellashuv joylari 10 (10 ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Ispaniya
2-oʻrin  Angliya
Statistika
Oʻyinlar soni 51
Gollar soni 117 (har oʻyinda oʻrtacha 2.29 ta)
Muxlislar soni 2 681 288 (har oʻyinda oʻrtacha 52 574 ta)
Toʻpurar(lar)

  • Olti futbolchi
(Har birida 3 tadan gol)
Eng yaxshi oʻyinchi Ispaniya Rodri
Eng yaxshi yosh oʻyinchi Ispaniya Lamine Yamal
Avvalgisi 2020
Keyingisi 2028

Germaniya uchinchi marta Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladi. 1988-yilgi Yevropa chempionati G'arbiy Germaniyada oʻtkazilgan. Yevro-2020ning (2020-yilgi Yevropa chempionati oʻyinlari 11 ta davlat hududida oʻtkzilgan) to'rtta o'yini Münchenda o'tkazilgan. 2006-yilgi jaahon chempionatidan keyin Germaniya mezbonligida bu darajadagi yirik musobaqa oʻtkazilmagan.

Italiya Yevropaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Italiya terma jamoasi 2020-yilgi turnir finalda Angliyani penaltilar seriyasida magʻlub etgan.

Turnir mezbonini aniqlash

 
Kubok

2017-yil 8-mart kuni UEFA Germaniya va Turkiya davlatlari musobaqani oʻtkazish istagi borligi haqida maʼlum qilganligini ommaga ochiqlagan.

Mezbon UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan tanlab olingan. Turninr mezbonligini qoʻlga kiritish uchun moxfiy ovoz berish jarayonida eng koʻp ovoz toʻplash talab etilgan. Agar ovozlar teng bo'lib qolsa, yakuniy qaror UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tarafidan eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan edi. UEFA Ijroiya qo'mitasidagi 20 a'zodan Reinhard Grindel (Germaniya) va Servet Yardımcı (Turkiya) mezbonlikka daʼvogar ikki davlatdan boʻlgani sababli ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan. Lars-Christer Olsson (Shvetsiya) esa betobligi tufayli mazkur jarayonda qatnasha olmagan. Jami 17 kishi Yevropa chempionati mezbonini aniqlash uchun oʻtkazilgan ovoz berish jarayonida ishtirok etgan.

Mezbon 2018-yil 27-sentabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida aniqlangan. Germaniya dastlab Yevro-2020ga to'liq mezbonlik qilishni rejalashtirgan edi. Ammo 2012-yil may oyiga qadar bu masalada hech qanday harakat amalga oshirmagan.

Ovoz berish natijalari
Mamlakat Ovozlar
  Germaniya 12
  Turkiya 4
Betaraf 1
Jami 17

Joylar

Germaniya hududida Yevropa chempionati o'yinlarini oʻtkazish uchun talabga (minimal sig'im: 30.000 kishi) javob beradigan koʻplab stadionlar mavjud edi.

Yevro-2024 uchun tanlangan o'nta maydondan to'qqiztasida (Berlin, Dortmund, München, Kyoln, Stuttgart, Gamburg, Leipzig, Frankfurt va Gelsenkirchen shaharlaridagi stadionlar) JCh-2006 oʻyinlari oʻtkazilgan. Düsseldorf shahridagi stadiondan 2006-yilda foydalanilmagan, lekin 1974-yilgi jahon chempionati va Yevro-1988ning bir nechta oʻyinlari mazkur stadionda oʻtkazilgan. 2006-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan Hannover, Nyurnberg va Kaiserslautern shaharlaridagi stadionlardan bu chempionat uchun foydalanilmaydi. Shuningdek, München, bir nechta davlat mezbonligida oʻtkazilgan Yevro-2020 turniriga mezbonlik qilgan shaharlardan hisoblanadi. Bu shaharda to'rtta o'yin (uchtasi Germaniya ishtirokida) oʻtkazilan va mazkur bahslarga COVID-19 cheklovlari tufayli juda kam tomoshabin tashrif buyurgan.

Bremen va Mönchengladbachdagi stadionlar Yevro-2024ni oʻtkazish uchun tanlangan staqdionlar qatoriga kiritilmagan. Joylar Germaniyaning katta qismini qamrab olgan. Yevro-2024 musobaqasi oʻtkaziladigan joylar soni eng koʻp boʻlgan hudud Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatidagi Rhine-Ruhrr metropolitan mintaqasi hisoblanadi. Oʻnta mezbon shahardan toʻrttasi (Dortmund, Düsseldorf, Gelsenkirchen va Kyoln) mazkur hududda joylashgan.

Berlin München Dortmund Stuttgart
Olympiastadion Munich Football Arena BVB Stadion Dortmund Stuttgart Arena
Sigʻimi: 70,000 Sigʻimi: 66,000 Sigʻimi: 62,000 Sigʻimi: 51,000
 
 
   
Gelsenkirchen
 
 
Berlin
 
München
 
Dortmund
 
Stuttgart
 
Hamburg
 
Düsseldorf
 
Cologne
 
Frankfurt
 
Leipzig
class=notpageimage|
UEFA Yevro-2024 musobaqasi oʻtkaziladigan shaharlarning joylashuvi.
Frankfurt
Arena AufSchalke Frankfurt Arena
Sigʻimi: 50,000 Sigʻimi: 47,000
 
 
Hamburg Düsseldorf Cologne Leipzig
Volksparkstadion Düsseldorf Arena Cologne Stadium Leipzig Stadium
Sigʻimi: 49,000 Sigʻimi: 47,000 Sigʻimi: 43,000 Sigʻimi: 40,000
       

Jamoalar bazalari

Har bir terma jamoaga musobaqa davomida istiqomat qilish va mashgʻulot oʻtkazish uchun alohida hudud ajratilgan.

Jamoa Shahar Mashgʻulot maydoni
  Albaniya Kamen SportCentrum Kaiserau [de]
  Avstriya Berlin Mommsenstadion
  Belgiya Ludwigsburg Wasenstadion, SGV Freiberg am Neckar
  Xorvatiya Neuruppin Volksparkstadion [de], MSV Neuruppin
  Chexiya Hamburg Edmund-Plambeck-Stadion [de], FC Eintracht Norderstedt 03
  Daniya Freudenstadt Hermann-Saam-Stadion
  Angliya Blankenhain Golfresort Weimarer Land
  Fransiya Bad Lippspringe Home Deluxe Arena, SC Paderborn 07
  Gruziya Velbert Stadion Velbert, SSVg Velbert
  Germaniya Herzogenaurach Adidas Campus/HomeGround
  Vengriya Weiler-Simmerberg Tannenhof Resort, Sport & Spa
  Italiya Iserlohn Hemberg-Stadion
  Niderlandiya Wolfsburg AOK Stadion [de], VfL Wolfsburg (women)
  Polsha Hannover Eilenriedestadion
  Portugaliya Harsewinkel Hotel-Residence Klosterpforte Marienfeld / Sports grounds
  Ruminiya Würzburg Akon Arena, FC Würzburger Kickers
  Shotlandiya Garmisch-Partenkirchen Stadion am Gröben
  Serbiya Augsburg Rosenaustadion, FC Augsburg (Women)
  Slovakiya Mainz Bruchwegstadion, 1. FSV Mainz 05
  Sloveniya Wuppertal Stadion am Zoo, Wuppertaler SV
  Ispaniya Donaueschingen Der Öschberghof
   Shveysariya Stuttgart Gazi-Stadion auf der Waldau
  Turkiya Barsinghausen Sporthotel Fuchsbachtal [de]
  Ukraina Wiesbaden Stadion am Halberg

Chiptalarni rasmiylashtirish

O'yinlar uchun chiptalar UEFA ning rasmiy veb-saytida sotiladi. Shuningdek, 24 ishtirokchi mamlakatlarning futbol assotsiatsiyalari tomonidan ham tarqatiladi. Chiptalar sotuvi 2023-yil 3-oktabrda boshlangan. Turnirning 51 ta o‘yini uchun 2,7 million chiptaning 80 foizdan ortig‘i ishtirokchi jamoalar muxlislari va keng jamoatchilikka taqdim etilgan. Har bir ishtirokchi jamoa muxlislari uchun guruh bosqichi o‘yinlariga 10 000 ta, 1/8 final va chorak final o‘yinlari uchun 6 000 ta, yarim final uchun 7 000 ta, final o‘yini uchun 10 000 ta chipta ajratilgan. 206 ta davlatdan 50 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Germaniya muxlislaridan tashqari, chipta uchun eng ko'p soʻrovlar UEFAga Turkiya, Vengriya, Angliya, Albaniya va Xorvatiya terma jamoasining muxlislari tarafidan yuborilgan. Narxlar 30 yevrodan (guruhdagi o‘yinda darvoza ortidagi oʻrindiq uchun) 1000 yevrogacha (finaldagi markaziy tribunadagi oʻrindiq uchun).

Saralash bosqichi

 
  Yevro-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan jamoa
  Saralashdan oʻta olmagan jamoa
  Musobaqadan chetlashtirilgan jamoa
  UEFA aʼzosi boʻlmagan jamoa

Mezbon sifatida Germaniya avtomatik tarzda turnirga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi. Qolgan 23 ta jamoa saralash turniri orqali aniqlab olindi; 10 ta saralash guruhi g'oliblari va ikkinchi o'rinlarin sohiblari to'g'ridan-to'g'ri yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. Qolgan uchta jamoa esa pley-off orqali aniqlandi. Pley-off o'yinlarida ishtirok etish imkoniyati UEFA Millatlar ligasining 2022—2023-yilgi mavsumida eng yaxshi natija ko'rsatgan, lekin saralash turniri orqali 2024-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan jamoalarga berildi. 2022-yil 9-oktabr kuni Frankfurtdagi Festhalle nomli arenada Yevro-2024 saralash turnirining guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bo'lib o'tgan. Guruh bosqichi 2023-yilning martidan noyabrigacha, uchta pley-off oʻyinlari esa 2024-yilning mart oyida oʻtkazilgan.

Musobaqada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan jamoalar

Turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 24 ta jamoadan 19 tasi avvalgi musobaqada ishtirok etgan. Ular orasida amaldagi chempion Italiya va ikkinchi o‘rin sohibi Angliya, shuningdek, 2022-yilgi jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan Fransiya va bronza medali sohibi Xorvatiya ham bor. Portugaliya saralash bosqichidan yo'qotishlarsiz (hamma o'yinda g'alaba) o'tgan yagona jamoa bo'ldi. Fransiya, Angliya, Belgiya, Vengriya va Ruminiya terma jamoalari ham saralash bosqichini mag'lubiyatsiz yakunlashgan.

Albaniya va Ruminiya terma jamoalari Yevro-2020ni o'tkazib yuborganidan so'ng, yana yirik turnirda ishtirok etish imkonini qo'lga kiritdi. Serbiya va Sloveniya termalari Yevro-2000dan keyin ilk marta mazkur musobaqada ishtirok etadigan bo'lishdi. Serbiya terma jamoasi Serbiya va Chernogoriya alohida davlatga aylanganidan beri ilk marta saralash bosqichidan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Sloveniya mustaqil davlat sifatida o'z tarixida to'rtinchi marta yirik turnirga yo'llanma oldi. Gruziya pley-off bosqichida Gretsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 1991-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidandan keyin mustaqil davlat sifatida ilk turnirga yo‘llanma oldi va 17-Yevropa chempionatining yagona debyutantiga aylandi. Gruziyaning debyuti Yevro-1960da boshlangan har bir turnirda bitta yangi jamoa ishtirok etishi anʼanasining davom etishini ta’minladi.

Shvetsiya, Rossiya va Uels terma jamoalarining Yevro-2024da ishtirok etmasligi eʼtiborga molik. Shvetsiya Yevro-1996dan beri birinchi marta mazkur turnirda qatnasha olmaydigan boʻldi. Shuningdek, shvetsiyaliklar 2022-yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishgan edi. Shu tariga, ular ketma-ket ikkinchi yirik turnirda qatnashmaydigan boʻlishdi. Yevro-2000 dan beri doimiy ravishda Yevropa chempionatining guruh bosqichida qatnashib kelgan Rossiya Ukrainaga bosqin sababli saralash bosqichidan chetlashtirildi. Oldingi ikki turda, jumladan, Yevro-2016 yarim finalida pley-off bosqichiga chiqqan Uels terma jamoasi Yevro-2024 musobaqasining saralash turniri pley-off bosqichida Polshaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Yevro-2020da debyut qilgan Shimoliy Makedoniya va Finlandiya terma jamoalari bu safar musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi.

Rossiyaning diskvalifikatsiyasi

2022-yil 20-sentabr kuni Hvarda (Xorvatiya) bo‘lib o‘tgan UEFA Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida Rossiyaning Yevro-2024 saralashidan chetlatilishi tasdiqlandi. 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bosqini bunga sabab qilib koʻrsatilgan. Natijada Rossiya terma jamoasi 2000-yildan beri birinchi marta Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradigan boʻldi.

Qurʼa tashlash marosimi

Qurʼa tashlash marosimi 2023-yil 2-dekabr kuni Gamburgdagi Elbphilharmonie nomli konsert zalida boʻlib o‘tdi. Jamoalar saralash bosqichida qayd etgan natijalariga koʻra savatlarga taqsimlandi. Mezbon Germaniya avtomatik tarzda 1-savatga joylashtirildi va A guruhidan oʻrin olgan. Pley-offning uchta g'olibi qura vaqtida ma'lum emas edi. 2024-yil mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan ushbu pley-offda ishtirok etuvchi jamoalar qur'a tashlash marosimida 4-savatga joylashtirildi. Qur'a tashlash marosimi bir necha marta pranker yuzaga keltirgan turli xil shovqinlar sababli toʻxtatilgan.

  • 1-savat: Germaniya (mezbon), 1–5-guruh g‘oliblari
  • 2-savat: 6–10-guruh gʻoliblari, 1-guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoa
  • 3-savat: 2–7-guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar
  • 4-savat: 8–10-guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar va 3 ta pley-off oʻyini gʻoliblari (qur’a tashlash marosimi paytida pley-off gʻoliblari nomi maʼlum emas edi)

Savatlar

1-savat
Jamoa Rank
Jamoa Oʻrin
  Germaniya (mezbon)
  Portugaliya 1
  Fransiya 2
  Ispaniya 3
  Belgiya 4
  Angliya 5
2-savat
Jamoa Oʻrin
  Vengriya 6
  Turkiya 7
  Ruminiya 8
  Daniya 9
  Albaniya 10
  Avstriya 11
3-savat
Jamoa Oʻrin
  Niderlandiya 12
  Shotlandiya 13
  Xorvatiya 14
  Sloveniya 15
  Slovakiya 16
  Chexiya 17
4-savat
Jamoa Oʻrin
  Italiya 18
  Serbiya 19
   Shveysariya 20
A pley-off gʻolibi
B pley-off gʻolibi
C pley-off gʻolibi


Qurʼa natijasi

A guruhi
Oʻrin Jamoa
A1   Germaniya
A2   Shotlandiya
A3   Vengriya
A4    Shveysariya
B guruhi
Oʻrin Jamoa
B1   Ispaniya
B2   Xorvatiya
B3   Italiya
B4   Albaniya
C guruhi
Oʻrin Jamoa
C1   Sloveniya
C2   Daniya
C3   Serbiya
C4   Angliya
D guruhi
Oʻrin Jamoa
D1   Polsha
D2   Niderlandiya
D3   Avstriya
D4   Fransiya
E guruhi
Oʻrin Jamoa
E1   Belgiya
E2   Slovakiya
E3   Ruminiya
E4   Ukraina
F guruhi
Oʻrin Jamoa
F1   Turkiya
F2   Gruziya
F3   Portugaliya
F4   Chexiya


  1. Qurʼa tashlash marosimi paytida 3 ta pley-off gʻolibining nomi maʼlum emas edi.

Tarkiblar

Jamoalar qaydnomasidagi futbolchilarning maksimal miqdori dastlab 23 nafar etib belgilangan. Ammo keyinchalik 26 nafarga oshirilgan. Jamoalar minimum 23 nafar, maksimal 26 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni 7-iyungacha taqdim etishlari kerak edi.

Oʻyin rasmiylari (hakamlar)

2024-yil aprel oyida turnirdagi 51 ta o‘yinni boshqarish uchun 19 ta hakamlar brigadasi tanlab olindi. Jumladan, UEFA va KONMEBOL konfederatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida Germaniyada oʻtkaziladigan musobaqaga Argentinadan ham hakamlar brigadasi taklif qilingan.

Hakamlar brigadalari
Hakam Qanot hakamlari Ishlagan oʻyinlari
Jesús Gil Manzano Diego Barbero Sevilla

Ángel Nevado Rodriguez

Marco Guida Filippo Meli

Giorgio Peretti

István Kovács Vasile Florin Marinescu

Mihai Ovidiu Artene

Ivan Kružliak Branislav Hancko

Jan Pozor

François Letexier Cyril Mugnier

Mehdi Rahmouni

Danny Makkelie Hessel Steegstra

Jan de Vries

Szymon Marciniak Tomasz Listkiewicz

Adam Kupsik

Halil Umut Meler Mustafa Emre Eyisoy

Kerem Ersoy

Glenn Nyberg Mahbod Beigi

Andreas Söderkvist

Michael Oliver Stuart Burt

Dan Cook

Daniele Orsato Ciro Carbone

Alessandro Giallatini

Sandro Schärer Stéphane de Almeida

Bekim Zogaj

Daniel Siebert Jan Seidel

Rafael Foltyn

Artur Soares Dias Paulo Soares

Pedro Ribeiro

Anthony Taylor Gary Beswick

Adam Nunn

Facundo Tello Gabriel Chade

Ezequiel Brailovsky

Clément Turpin Nicolas Danos

Benjamin Pages

Germaniya–Shotlandiya (A guruhi)
Slavko Vinčić Tomaž Klančnik

Andraž Kovačič

Felix Zwayer Stefan Lupp

Marco Achmüller

Bundan tashqari, UEFA yigirmata Video Assistent Referi (VAR) tizimida ishlovchi va o'n ikkita yordamchi hakamlar (ular to'rtinchi hakam yoki zaxira hakami vazifasini bajaradi) roʻyxatini ham e'lon qildi.

VAR tizimida ishlovchi hakamlar
Mamlakat Hakam(lar)
  Angliya Stuart Attwell

David Coote

  Fransiya Jérôme Brisard

Willy Delajod

  Olmoniya Bastian Dankert

Christian Dingert Marco Fritz

  Italiya Massimiliano Irrati

Paolo Valeri

  Niderlandiya Rob Dieperink

Pol van Boekel

  Polsha Bartosz Frankowski

Tomasz Kwiatkowski

  Ruminiya Catalin Popa
  Sloveniya Nejc Kajtazovič
  Portugaliya Tiago Martins
  Ispaniya Alejandro Hernández Hernández

Juan Martínez Munuera

  Shveysariya Fedayi San
  Turkiya Alper Ulusoy
Yordamchi hakamlar
Mamlakat Toʻrtinchi hakam Zaxiradagi qanot hakami
  Bosniya va Gertsogovina Irfan Peljto Senad Ibrišimbegović
  Litva Donatas Rumšas Aleksandr Radiuš
  Niderlandiya Serdar Gözübüyük Johan Balder
  Norvegiya Espen Eskås Jan Erik Engan
  Sloveniya Rade Obrenović Jure Praprotnik
  Ukraina Nikola Balakin Oleksandr Berkut

Guruh bosqichi

 
UEFA Yevro 2024 turnirida ishtirok etuvchi jamoalar natijasi

UEFA 2022-yil 10-may kuni turnir taqvimini eʼlon qilgan. Unda faqat ochilish oʻyini, yarim final va final oʻyinlarining boshlanish vaqtlari koʻrsatilgan edi. Qolgan barcha o‘yinlarning boshlanish vaqtlari 2023-yil 2-dekabr kuni qur’a tashlash marosimidan so‘ng e’lon qilindi.

Guruh g‘oliblari, ikkinchi o‘rin egalari va uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rtta jamoa 1/8 finalga yo‘l olgan.

Qoʻshimcha mezonlar

Agar ikki yoki undan ortiq jamoalarning guruh o‘yinlari yakuniga ko‘ra ochkolari teng bo‘lib qolsa, quyidagi mezonlarga asosan pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan jamoa nomi aniqlanadi.

  1. Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoa orasidagi bahsida toʻplangan ochkolar soni;
  2. Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoalar bahsidagi toʻplar nisbati;
  3. Ochkolari teng boʻlib qolgan ikki jamoalar bahsida koʻproq gol urgan jamoa;
  4. Agar yuqoridagi 3 ta mezon qoʻllangandan keyin ham vaziyat hal boʻlmasa, 5—9-mezonlarga murojaat qilinadi;
  5. Guruhda oʻtkazilgan barcha o'yinlardagi toʻplar nisbati;
  6. Guruhda oʻtkazilgan barcha o'yinlarda koʻproq gol urgan jamoa;
  7. Agar teng ochko toʻplsgsn jamoalar 3-turda oʻzaro bahs olib borsa va oʻyinni durang bilan tugatib, umumiy toʻplar nisbati teng boʻlib qolsa, mazkur ikki jamoaning oʻrni penaltilar seriyasiga ko'ra aniqlanadi. (Agar ikkitadan ortiq jamoa bir xil miqdordagi ochkoga ega bo'lsa, ushbu mezon qo'llanilmaydi.);
  8. Guruhdagi barcha o‘yinlarda jami eng past jarima ballari toʻplagan jamoa (bitta sariq kartochka uchun 1 ball, ikkita sariq kartochka natijasida olingan qizil kartochka uchun 3 ball, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka uchun 3 ball, bitta sariq kartochkadan keyingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka uchun uchun 4 ball);
  9. Yevropa chempionati saralashining umumiy reytingida yuqori o'rinda turgan jamoa. Agar taqqoslanayotgan jamoalarning biri mezbon Germaniya terma jamoasi boʻlsa, bu holda qur'a tashlash orqali pley-off bosqichida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritgan terma jamoa nomi aniqlanadi.

A guruhi

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Germaniya (H) 3 2 1 0 8 2 +6 7 Pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
2    Shveysariya 3 1 2 0 5 3 +2 5
3   Vengriya 3 1 0 2 2 5 −3 3 Pley off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
4   Shotlandiya 3 0 1 2 2 7 −5 1
Manba: UEFA
Klassifikatsiya qoidasi: Qoʻshimcha mezonlar
(H) Mezbon
Germaniya  5:1  Shotlandiya
Wirtz   10'

Musiala   19'
Havertz   45+1' (pen.)
Füllkrug   68'

Can   90+3'
Bayonnoma Rüdiger   87' (avto)
Allianz Arena, München
Muxlislar soni: 65,052
Bosh hakam: Clément Turpin (Fransiya)
Vengriya  1–3   Shveysariya
Varga   66' Bayonnoma Duah   12'
Aebischer   45'
Embolo   90+3'
RheinEnergieStadion, Cologne
Muxlislar soni: 41,676
Bosh hakam: Slavko Vinčić (Sloveniya)

Germaniya  2–0  Vengriya
Musiala   22'
Gündoğan   67'
Bayonnoma
MHPArena, Stuttgart
Muxlislar soni: 54,000
Bosh hakam: Danny Makkelie (Niderlandiya)
Shotlandiya  1-1   Shveysariya
McTominay   13' Bayonnoma Shaqiri   26'
RheinEnergieStadion, Cologne
Muxlislar soni: 42,711
Bosh hakam: Ivan Kružliak (Slovakiya)

Shveysariya   1–1  Germaniya
Ndoye   28' Hisobot Füllkrug   90+2'
Waldstadion, Frankfurt
Muxlislar soni: 46,685
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)
Shotlandiya  0–1  Vengriya
Hisobot Csoboth   90+10'
MHPArena, Stuttgart
Muxlislar soni: 54,000
Bosh hakam: Facundo Tello (Argentina)

B guruhi

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Ispaniya 3 3 0 0 5 0 +5 9 Pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
2   Italiya 3 1 1 1 3 3 0 4
3   Xorvatiya 3 0 2 1 3 6 −3 2
4   Albaniya 3 0 1 2 3 5 −2 1
Manba: UEFA
Klassifikatsiya qoidasi: Qoʻshimcha mezonlar
Ispaniya  3–0  Xorvatiya
Morata   29'

Fabián   32'

Carvajal   45+2'
Bayonnoma
Olympiastadion, Berlin
Muxlislar soni: 68,844
Bosh hakam: Michael Oliver (Angliya)
Italiya  2–1  Albaniya
  • Bastoni   11'
  • Barella   16'
Bayonnoma
  • Bajrami   1'
Muxlislar soni: 60,512
Bosh hakam: Felix Zwayer (Germaniya)

Xorvatiya  2–2  Albaniya
Kramarić   74' Gjasula   76' (avto) Bayonnoma Laçi   11' Gjasula   90+5'
Volksparkstadion, Hamburg
Muxlislar soni: 46,784
Bosh hakam: François Letexier (Fransiya)
Ispaniya  1-0  Italiya
Calafiori   55' (avto) Bayonnoma
Arena AufSchalke, Gelsenkirchen
Muxlislar soni: 49,528
Bosh hakam: Slavko Vinčić (Sloveniya)

Albaniya  0–1  Ispaniya
Bayonnoma Torres   13'
Merkur Spiel-Arena, Düsseldorf
Muxlislar soni: 46,586
Bosh hakam: Glenn Nyberg (Shvetsiya)
Xorvatiya  1–1  Italiya
Modrić   55' Bayonnoma Zaccagni   90+8'
Red Bull Arena, Leipzig
Muxlislar soni: 38,322
Bosh hakam: Danny Makkelie (Niderlandiya)

C guruhi

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Angliya 3 1 2 0 2 1 +1 5 Pley-off bosqichiga chiqish
2   Daniya 3 0 3 0 2 2 0 3
3   Sloveniya 3 0 3 0 2 2 0 3
4   Serbiya 3 0 2 1 1 2 −1 2
Manba: UEFA
Eslatmalar:
  1. Intizomiy ball: Daniya−6, Sloveniya −7.
Sloveniya  1–1  Daniya
  • Janža   77'
Hisobot
  • Eriksen   17'
MHPArena, Stuttgart
Muxlislar soni: 54,000
Bosh hakam: Sandro Schärer (Switzerland)
Serbiya  0–1  Angliya
Hisobot
  • Bellingham   13'
Arena AufSchalke, Gelsenkirchen
Muxlislar soni: 48,953
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italy)

Sloveniya  1-1  Serbiya
  • Karničnik   69'
Hisobot
  • Jović   90+5'
Allianz Arena, München
Muxlislar soni: 63,028
Bosh hakam: István Kovács (Ruminiya)
Daniya  1-1  Angliya
  • Hjulmand   34'
Hisobot
  • Kane   18'
Waldstadion, Frankfurt
Muxlislar soni: 46,177
Bosh hakam: Artur Soares Dias (Portugaliya)

Angliya  0–0  Sloveniya
Hisobot
RheinEnergieStadion, Cologne
Muxlislar soni: 41,536
Bosh hakam: Clément Turpin (Fransiya)
Daniya  0–0  Serbiya
Hisobot
Muxlislar soni: 64,288
Bosh hakam: François Letexier (Fransiya)

D guruhi

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Avstriya 3 2 0 1 6 4 +2 6 Pley-off bosqichiga chiqish
2   Fransiya 3 1 2 0 2 1 +1 5
3   Niderlandiya 3 1 1 1 4 4 0 4
4   Polsha 3 0 1 2 3 6 −3 1
Manba: UEFA
Polsha  1–2  Niderlandiya
  • Buksa   16'
Hisobot
  • Gakpo   29'
  • Weghorst   83'
Volksparkstadion, Hamburg
Muxlislar soni: 48,117
Bosh hakam: Artur Soares Dias (Portugal)
Avstriya  0–1  Fransiya
Hisobot
  • Wöber   38' (avto)
Merkur Spiel-Arena, Düsseldorf
Muxlislar soni: 46,425
Bosh hakam: Jesús Gil Manzano (Spain)

Polsha  1-3  Avstriya
  • Piątek   30'
Hisobot
  • Trauner   9'
  • Baumgartner   66'
  • Arnautović   78' (pen.)
Olympiastadion, Berlin
Muxlislar soni: 69,455
Bosh hakam: Halil Umut Meler (Turkiya)
Niderlandiya  0–0  Fransiya
Hisobot
Red Bull Arena, Leipzig
Muxlislar soni: 38,531
Bosh hakam: Anthony Taylor (Angliya)

Niderlandiya  2–3  Avstriya
  • Gakpo   47'
  • Depay   75'
Hisobot
  • Malen   6' (avto)
  • Schmid   59'
  • Sabitzer   80'
Olympiastadion, Berlin
Muxlislar soni: 68,363
Bosh hakam: Ivan Kružliak (Slovakia)
Fransiya  1–1  Polsha
  • Mbappé   56' (pen.)
Hisobot
  • Lewandowski   79' (pen.)
Muxlislar soni: 59,728
Bosh hakam: Marco Guida (Italiya)

E guruhi

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Ruminiya 3 1 1 1 4 3 +1 4 Pley off bosqichiga yoʻllanma
2   Belgiya 3 1 1 1 2 1 +1 4
3   Slovakiya 3 1 1 1 3 3 0 4
4   Ukraina 3 1 1 1 2 4 −2 4
Manba: UEFA
Ruminiya  3–0  Ukraina
  • Stanciu   29'
  • R. Marin   53'
  • Drăguș   57'
Hisobot
Muxlislar soni: 61,591
Bosh hakam: Glenn Nyberg (Sweden)
Belgiya  0–1  Slovakiya
Hisobot
  • Schranz   7'
Waldstadion, Frankfurt
Muxlislar soni: 45,181
Bosh hakam: Halil Umut Meler (Turkey)

Slovakiya  1–2  Ukraina
  • Schranz   17'
Hisobot
  • Shaparenko   54'
  • Yaremchuk   80'
Merkur Spiel-Arena, Düsseldorf
Muxlislar soni: 43,910
Bosh hakam: Michael Oliver (Angliya)
Belgiya  2–0  Ruminiya
  • Tielemans   2'
  • De Bruyne   80'
Hisobot
RheinEnergieStadion, Cologne
Muxlislar soni: 42,535
Bosh hakam: Szymon Marciniak (Polsha)

Slovakiya  1–1  Ruminiya
  • Duda   24'
Hisobot
  • R. Marin   37' (p.)
Waldstadion, Frankfurt
Muxlislar soni: 45,033
Bosh hakam: Daniel Siebert (Germaniya)
Ukraina  0–0  Belgiya
Hisobot
MHPArena, Stuttgart
Muxlislar soni: 54,000
Bosh hakam: Anthony Taylor (Angliya)

F guruhi

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Portugaliya 3 2 0 1 5 3 +2 6 Pley off bosqichiga yoʻllanma
2   Turkiya 3 2 0 1 5 5 0 6
3   Gruziya 3 1 1 1 4 4 0 4
4   Chexiya 3 0 1 2 3 5 −2 1
Manba: UEFA
Eslatmalar:
  1. Oʻzaro oʻyin natijasi: Turkiya 0–3 Portugaliya.
Turkiya  3–1  Gruziya
  • Müldür   25'
  • Güler   65'
  • Aktürkoğlu   90+7'
Hisobot
  • Mikautadze   32'
Muxlislar soni: 59,127
Bosh hakam: Facundo Tello (Argentina)
Portugaliya  2–1  Chexiya
  • Hranáč   69' (avto)
  • Conceição   90+2'
Hisobot
  • Provod   62'
Red Bull Arena, Leipzig
Muxlislar soni: 38,421
Bosh hakam: Marco Guida (Italy)

Gruziya  1–1  Chexiya
  • Mikautadze   45+4' (pen.)
Hisobot
  • Schick   59'
Volksparkstadion, Hamburg
Muxlislar soni: 46,524
Bosh hakam: Daniel Siebert (Germaniya)
Turkiya  0–3  Portugaliya
Hisobot
  • B. Silva   21'
  • Akaydin   28' (avto)
  • Fernandes   56'
Muxlislar soni: 61,047
Bosh hakam: Felix Zwayer (Germaniya)

Gruziya  2–0  Portugaliya
Hisobot
Arena AufSchalke, Gelsenkirchen
Muxlislar soni: 49,616
Bosh hakam: Sandro Schärer (Shveysariya)
Chexiya  1–2  Turkiya
  • Souček   66'
Hisobot
  • Çalhanoğlu   51'
  • Tosun   90+4'
Volksparkstadion, Hamburg
Muxlislar soni: 47,683
Bosh hakam: István Kovács (Ruminiya)

Uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar jadvali

Oʻrin Grh Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1 D   Niderlandiya 3 1 1 1 4 4 0 4 Pley-off bosqichiga yoʻllanma
2 F   Gruziya 3 1 1 1 4 4 0 4
3 E   Slovakiya 3 1 1 1 3 3 0 4
4 C   Sloveniya 3 0 3 0 2 2 0 3
5 A   Vengriya 3 1 0 2 2 5 −3 3
6 B   Xorvatiya 3 0 2 1 3 6 −3 2
Manba: UEFA
Klassifikatsiya qoidasi: 1) Ochkolar; 2) Gollar farqi; 3) Urilgan gollar; 4) Gʻalabalar; 5) Jami past intizomiy ochko; 6) Yevropa saralash musobaqalarining umumiy reytingi (yoki qurʼa tashlash, agar mezbon Germaniya taybreykda ishtirok etgan boʻlsa).
Eslatmalar:
  1. Intizomiy ball: Niderlandiya −2, Gruziya −6.

Pley-off bosqichi

Pley-off bosqichida, agar oʻyin normal oʻyin vaqti oxirida teng boʻlsa, qoʻshimcha vaqt oʻynaladi (har biri 15 daqiqadan ikki davr). Qoʻshimcha boʻlimlardan keyin ham durang boʻlsa, oʻyin penaltilar seriyasiga koʻra hal qilinadi.

UEFA Yevro-1984dan beri har bir turnirda boʻlgani kabi, uchinchi oʻrin uchun pley-off yoʻq.

Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa yoz vaqti hisoblanadi (UTC+2)

Bosqichlar

 
Nim chorak finalChorak finalYarim finalFinal
 
              
 
30-iyun – Cologne
 
 
  Ispaniya4
 
5-iyul – Stuttgart
 
  Gruziya1
 
  Ispaniya2
 
29-iyun – Dortmund
 
  Germaniya1
 
  Germaniya2
 
9-iyul – Munich
 
  Daniya0
 
  Ispaniya2
 
1-iyul – Frankfurt
 
  Fransiya1
 
  Portugaliya (p)0 (3)
 
5-iyul – Hamburg
 
  Sloveniya0 (0)
 
  Portugaliya0 (3)
 
1-iyul – Düsseldorf
 
  Fransiya (p)0 (5)
 
  Fransiya1
 
14-iyul – Berlin
 
  Belgiya0
 
  Ispaniya
 
2-iyul – Munich
 
50-oʻyin gʻolibi
 
  Ruminiya0
 
6-iyul – Berlin
 
  Niderlandiya3
 
  Niderlandiya2
 
2-iyul – Leipzig
 
  Turkiya1
 
  Avstriya1
 
10-iyul – Dortmund
 
  Turkiya2
 
  Niderlandiya
 
30-iyun – Gelsenkirchen
 
  Angliya
 
  Angliya (q.v)2
 
6-iyul – Düsseldorf
 
  Slovakiya1
 
  Angliya (p)1 (5)
 
29-iyun – Berlin
 
   Shveysariya1 (3)
 
   Shveysariya2
 
 
  Italiya0
 

Nim chorak final

Shveysariya   2-0  Italiya
  • Freuler   37'
  • Vargas   46'
Hisobot
Olympiastadion, Berlin
Muxlislar soni: 68,172
Bosh hakam: Szymon Marciniak (Polsha)

Germaniya  2-0  Daniya
  • Havertz   53' (pen.)
  • Musiala   68'
Hisobot
Muxlislar soni: 61,612
Bosh hakam: Michael Oliver (Angliya)

Angliya  2-1  Slovakiya
  • Bellingham   90+5'
  • Kane   91'
Hisobot Schranz   25'
Arena AufSchalke, Gelsenkirchen
Muxlislar soni: 47,244
Bosh hakam: Halil Umut Meler (Turkiya)

Ispaniya  4-1  Gruziya
  • Rodri   39'
  • Fabián   51'
  • Williams   75'
  • Olmo   83'
Hisobot
  • Le Normand   18' (avto)
RheinEnergieStadion, Cologne
Muxlislar soni: 42,233
Bosh hakam: François Letexier (Fransiya)

Fransiya  1–0  Belgiya
  • Vertonghen   85' (avto)
Hisobot
Merkur Spiel-Arena, Düsseldorf
Muxlislar soni: 46,810
Bosh hakam: Glenn Nyberg (Shvetsiya)

Portugaliya  0–0 (Q.v)  Sloveniya
Hisobot
Penaltilar seriyasi
3–0
  •   Iličić
  •   Balkovec
  •   Verbič
Waldstadion, Frankfurt
Muxlislar soni: 46,576
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)

Ruminiya  0–3  Niderlandiya
Hisobot
  • Gakpo   20'
  • Malen   83'90+3'
Muxlislar soni: 65,012
Bosh hakam: Felix Zwayer (Germaniya)

Avstriya  1–2  Turkiya
  • Gregoritsch   66'
Hisobot
  • Demiral   1'59'
Red Bull Arena, Leipzig
Muxlislar soni: 38,305
Bosh hakam: Artur Soares Dias (Portugaliya)

Chorak final

Ispaniya  2–1  Germaniya
  • Olmo   51'
  • Merino   119'
Hisobot
  • Wirtz   89'
MHPArena, Stuttgart
Muxlislar soni: 54,000
Bosh hakam: Anthony Taylor (Angliya)

Portugaliya  0–0 (Q.v)  Fransiya
Hisobot
Penaltilar seriyasi
  • Ronaldo  
  • B. Silva  
  • Félix  
  • Mendes  
3–5
  •   Dembélé
  •   Fofana
  •   Koundé
  •   Barcola
  •   Hernandez
Volksparkstadion, Hamburg
Muxlislar soni: 47,789
Bosh hakam: Michael Oliver (Angliya)

Angliya  1–1 (Q.v)   Shveysariya
Hisobot
  • Embolo   75'
Penaltilar seriyasi
5–3
Merkur Spiel-Arena, Düsseldorf
Muxlislar soni: 46,907
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)

Niderlandiya  47-oʻyin  Turkiya
  • De Vrij   70'
  • Müldür   76' (avto)
Hisobot
  • Akaydin   35'
Olympiastadion, Berlin
Muxlislar soni: 70,091
Bosh hakam: Clément Turpin (Fransiya)

Yarim final

Ispaniya  2–1  Fransiya
  • Yamal   21'
  • Olmo   25'
Hisobot
  • Kolo Muani   9'
Muxlislar soni: 62,042
Bosh hakam: Slavko Vinčić (Sloveniya)

Niderlandiya  1–2  Angliya
  • Simons   7'
Hisobot
  • Kane   18' (pen.)
  • Watkins   90+1'
Muxlislar soni: 60,926
Bosh hakam: Felix Zwayer (Germaniya)

Final

Ispaniya  2–1  Angliya
  • Williams   47'
  • Oyarzabal   86'
Hisobot
  • Palmer   73'
Olympiastadion, Berlin
Muxlislar soni: 65,600
Bosh hakam: François Letexier (Fransiya)

Eslatmalar

  1. Pley-offning uchta gʻolibi qurʼa vaqtida nomaʼlum edi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, uefa evro-2024 haqida ma’lumot. uefa evro-2024 nima? uefa evro-2024 nimani anglatadi?

Yuqori