Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Khvicha Kvaratskhelia —((talaffuzi: Xivicha Kvaratsxeliya) 2001-yil 12-fevralda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan) Gruziyalik professional futbolchi. Itali

Khvicha Kvaratskhelia

Khvicha Kvaratskhelia —((talaffuzi: Xivicha Kvaratsxeliya) 2001-yil 12-fevralda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan) Gruziyalik professional futbolchi. Italiya A Seriyaning Napoli klubi va Gruziya terma jamoasida Yarim himoyachisi. Shuningdek u „Kvara“, „Kvaradona“ laqablari bilan mashhur.

Khvicha Kvaratskhelia
Kvaratskhelia, Rubin Qozon, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 12-fevral 2001-yil (2001-02-12) (25 yosh)
Tavallud joyi Tbilisi, Gruziya
Boʻyi 1.83 m (6 ft 0 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2017 Dinamo Tbilisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2018 Dinamo Tbilisi 4 (1)
2018—2019 Rustavi 18 (3)
2019   Lokomotiv Moskva 7 (1)
2019—2022 Rubin Qozon 69 (9)
2022 Dinamo Batumi 11 (8)
2022—2025 Napoli 85 (28)
2025— Paris Saint-Germain 14 (4)
Milliy terma jamoa
2016—2018 Gruziya U17 21 (15)
2017—2019 Gruziya U19 7 (3)
2019 Gruziya U21 2 (1)
2019— Gruziya 41 (18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 25-may uchun)

Klubdagi faoliyati

Faoliyatining boshlanishi

Kvaratskhelia oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2017-yilda „Dinamo Tbilisi“ jamoasida boshlagan, bir yildan soʻng Rustavi jamoasiga oʻtadi.

Gruziya U17 termasidagi oʻyini tufayli Kvaratskhelia 2017-yilda GFF tomonidan har yili iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan yangi taqdim etilgan Aleksandre Chivadze oltin medalining birinchi gʻolibiga aylanadi. Keyingi yili u 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida shu nominatsiyasining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

2018-yilda The Guardian Kvaratskheliani dunyoning 60 ta eng yaxshi yosh futbolchilari roʻyxatiga kiritadi.

 
Kvaratskhelia 2019-yilda Moskvaning Lokomotiv klubida oʻynaydi

2019-yilning 15-fevralida Kvaratskhelia ijara asosida Rossiya Premer-ligasi (RPL)ning Lokomotiv Moskva klubiga oʻtadi. 10-mart kuni Anji ga qarshi oʻyinda Jefferson Farfan oʻrniga 86-daqiqada maydonga tushib ligadagi debyutini oʻtkazadi. 1-iyul kuni Lokomotiv Moskva Kvaratskhelianing ijara muddati tugagach klubni tark etganini eʼlon qiladi. Shundan soʻng, Moskvaning Lokomotiv klubi bosh murabbiyi Yuriy Semin Kvaratskhelia bilan klubda qolish va transfer shartlari borasida kelisha olmaganidan juda afsusda ekanligini aytadi, chunki Semin uni juda iqtidorli deb hisoblar edi.

Rubin Qozon

2019-yilning 6-iyulida Kvaratskhelia Qozonning Rubin klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Debyut oʻyinini 15-iyul kuni oʻzining sobiq jamoasi Lokomotivga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushi bilan boshlaydi. Rubin oʻsha oʻyinda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etadi. Kvaratskhelia klub rasmiy saytida Rubin muxlislari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi.

Umuman olganda, uning transferi bir qancha rus ommaviy axborot vositalarida Rubinning eng omadli xaridi sifatida tan olingan. 2019-yil iyunidan 2020-yilning iyunigacha boʻlgan davrda futbolchining transfer qiymati bir mavsumning oʻzida besh baravarga oshgan. Rubin muxlislari bergan ovozlariga koʻra, Kvaratskhelia 2020—2021-yillarda toʻrt marta, avgust, sentyabr, oktyabr va aprel oylarida Oyning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.

2021-yil boshida L’Equipe XXI asrda tugʻilgan 50 ta eng yaxshi oʻyinchi roʻyxatini eʼlon qildi, Kvaratskhelia esa RPLdan bu roʻyxatga kiritilgan yagona futbolchi edi.

Dinamo Batumi

2022-yil 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyadagi xorijlik futbolchilar shartnomalarini bir tomonlama ravishda 30-iyungacha toʻxtatib qoʻyishlari va shu sanagacha Rossiyadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashlari mumkinligini eʼlon qiladi. Bu esa 2022-yilning 24-martida Qozonning Rubin klubi Kvaratskhelia bilan shartnomasi bekor qilinganini eʼlon qilishiga sabab boʻldi. Shu kunning oʻzidayoq u Gruziyaning Dinamo Batumi jamoasiga kelib qoʻshiladi.

Kvaratskhelia Batumi Dinamosi bilan Gruziya ichki chimpionatida11 oʻyinda oʻtkazib, 8 ta gol uradi va ikkita golli uzatmani amalga oshiradi. Erovnuli Liga uni aprel va iyul oylariga toʻgʻri kelgan mavsumning 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topadi.

Napoli

2022-yil 1-iyul kuni A Seriyaning Napoli klubi Kvaratskheliani Batumi Dinamosidan 10 million, bonuslari bilan hisoblaganda12 million yevro evaziga sotib olganini va futbolchi bilan 2027-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. U klubdagi norasmiy debyutini 14-iyul kuni Ekselenza klubi Anaune Val di Nonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazadi hamda ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshiradi.

Kvaratskhelianing klubdagi rasmiy professional debyutini 15-avgust kuni, A Seriyaning birinchi tur oʻyinida Hellas Veronaga qarshi oʻtkazadi. Ushbu oʻyinda Neapolliklar 5:2 hisobida gʻalaba qozongan. Kvara debyut oʻyinidayoq gol uradi va golga assistentlik qiladi. Keyingi tur bahsida 21-avgust kuni Monzaga qarshi oʻyinda ikkita gol uradi va A Seriyadagi ilk dublini qay etadi, jamoasi esa 4:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Ushbu oʻyinlardan soʻng Kvaratskhelia A seriya toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻringa koʻtarilib oladi va Napoli tarixida liganing dastlabki ikki uchrashuvida uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylanadi. Bundan tashqari, u 2022-yil avgust oyida A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi ham deb topilgan.

4-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini safarda Amsterdamning Ayaksiga qarshi oʻyinda (6:1) kiritadi. Bir haftadan soʻng javob oʻyinida golga assistentlik qilgan Kvaratskhelia oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Chempionlar ligasida haftaning ramziy jamoasiga kiritiladi. Napoli oʻz Kvaradonasini sotmoqchi emasligi va klubning yangi davrini aynan Khivicha bilan qurishini taʼkidlab oʻtadi.

Milliy terma jamoa

Kvaratskhelia 2019-yil 7-iyun kuni Gibraltarga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida boshlangʻich tarkibda Gruziya terma jamoasida debyut qilgan. 2020-yil 14-oktyabrda u Shimoliy Makedoniya bilan (1-1) UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi oʻyinda xalqaro maydondagi dastlabki golini uradi. 2021-yil 28-mart kuni Kvaratskhelia Ispaniya darvozasiga, uch kundan soʻng Gretsiya darvozasiga gol uradi. 2021-yil 11-noyabrda Kvaratskhelianing dubli evaziga Gruziya Shvetsiya ustidan gʻalaba qozonadi.

Millatlar ligasi 2022—2023-yilgi mavsumining birinchi bosqichining toʻrtta oʻyinida uch marta gol urib birdaniga ikkita nominatsiyada, jumladan, umumiy reytingda ham futbolchilar roʻyxatida ham birinchi oʻrinni egallaydi. Qolgan ikkita oʻyinda Kvaratskhelia yana ikkita gol kiritadi va bu uni ushbu turnirdagi eng sermahsul Gruziyalik futbolchiga aylantiradi. whoscored.com uni iyun va sentyabr oylarida ramziy jamoasi roʻyxatiga kiritadi va unga C liga oʻyinchilari orasida eng yuqori mavsumiy reyting ochkosini (8,2) beradi.

Shaxsiy hayoti

Xvicha sobiq futbolchi Badri Kvaratskhelianing oʻgʻli boʻlib, Uning ikki ukasi bor. Ukasi Tornike (2010-yilda tugʻilgan) hamprofessional futbolchi. Turli ommaviy axborot vositalari va muxlislar uni Gruziyalik Messi va Maradonaning izdoshi Kvaradona deb ham atashadi.

Statistikasi

Klub

2022-yil 1-noyabrgacha bo'lib o'tgan o'yinlar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha Oʻyin va gollari
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Chempionatlar Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dinamo Tbilisi 2017-yil Erovnuli Liga 4 1 1 0 5 1
Rustavi 2018-yil Erovnuli Liga 18 3 0 0 18 3
Lokomotiv Moskva 2018—2019-yilgi Rossiya Premer-ligasi 7 1 3 0 10 1
Rubin Qozon 2019—2020-yilgi Rossiya Premer-ligasi 27 3 1 0 28 3
2020—2021-yilgi Rossiya Premer-ligasi 23 4 0 0 23 4
2021—2022-yilgi Rossiya Premer-ligasi 19 2 1 0 2 0 22 2
Jami 69 9 2 0 2 0 0 0 73 9
Dinamo Batumi 2022-yilgi Erovnuli Liga 11 8 11 8
Napoli 2022—2023-yilgi A seriya 12 6 0 0 5 2 17 8
Karyera jami 121 28 6 0 7 2 0 0 134 30

Xalqaro

2022-yil 26-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar
Terma jamoa va yil boʻyicha Oʻyinlar va gollari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Gruziya 2019 1 0
2020 4 1
2021 7 4
2022 7 5
Jami 19 10
Gruziya terma jamoasidagi oʻtkazgan oʻyinlari va gollari roʻyxati
Khvicha Kvaratskhelia tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2020-yil 14-oktyabr Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya   Shimoliy Makedoniya 1:0 1:1 2020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
2 2021-yil 28-mart Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya   Ispaniya 1:0 1:2 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2021-yil 31-mart Toumba stadioni, Saloniki, Gretsiya   Gretsiya 1:1 1:1 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
4 2021-yil 11-noyabr Batumi stadioni, Batumi, Gruziya   Shvetsiya 1:0 2:0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2:0
6 2022-yil

2-iyun

Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya   Gibraltar 1:0 4:0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
7 2022-yil 5-iyun Huvepharma Arena, Razgrad, Bolgariya   Bolgariya 4:1 5:2 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
8 2022-yil 9-iyun Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya   Shimoliy Makedoniya 2:0 3:0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
9 2022-yil 23-sentyabr Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya   Shimoliy Makedoniya 2:0 2:0 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C
10 2022-yil 26-sentyabr Viktoriya stadioni, Gibraltar   Gibraltar 1:0 2:1 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C

Yutuqlari

Lokomotiv Moskva

  • 2018—2019-yilgi mavsumda Rossiya kubogi sohibi

Shaxsiy

  • Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2019—2020-yilgi, 2020—2121-yilgi
  • Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi: 2020-yil, 2021-yil
  • A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2022-yil avgust

Eslatmalar

  1. Appearances in UEFA Europa Conference League
  2. Appearances in UEFA Champions League

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, khvicha kvaratskhelia haqida ma’lumot. khvicha kvaratskhelia nima? khvicha kvaratskhelia nimani anglatadi?

Yuqori