Pirimqul Qodirov (1928-yil 25-oktyabr, Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻi – 2010-yil 20-dekabr, Toshkent) – oʻzbek yozuvchisi.
| Pirimqul Qodirov | |
|---|---|
| Tavalludi | 25-oktyabr 1928-yil |
| Vafoti | 20-dekabr 2010-yil (82 yoshda) |
| Kasbi | yozuvchi |
| Ijod qilgan tillari | Oʻzbek tili |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Janr | Sarguzasht, tarixiy asarlar |
| Shoh asari | „Yulduzli tunlar“ (1978) |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1928-yil 25-oktyabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi.
1951-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.
1990–2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, keyinchalik rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi.
Ijodi
Birinchi kitobi – „Studentlar“ 1950-yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi „Uch ildiz“ romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959-yilda Moskvada rus tilida chop etildi. Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti „Qora koʻzlar“ (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov „Qadrim“ (1963), „Erk“ (1969), „Meros“ (1975) qissalari, „Olmos kamar“ (1977) romani muallifi.
Soʻng oʻttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uygʻotadigan „Yulduzli tunlar“ (1978), „Avlodlar dovoni“ (1988), „Ona lochin vidosi“ (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan.
Olim Pirimqul Qodirov „Til va dil“ (1973), „Xalq tili va realistik proza“ (1974) singari ilmiy, „Oʻylar“ (1971), „Qalb gavhari“ (2001) badiiy kitoblar muallifi.
Tarjimalari
Pirimqul Qodirov Lev Tolstoyning „Kazaklar“ qissasi, M.Lermontovning "Bela", Konstantin Fedinning „Ilk sevinchlar“, X. Deryaevning „Qismat“ romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan.
Mukofot va unvonlari
1981-yilda „Yulduzli tunlar“ romani uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
1983-yilda „Olmos kamar“ romani uchun SSSR yozuvchilar uyushmasi mukofoti berilgan.
1988-yilda „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berilgan.
1994-yilda Shuhrat medali berilgan.
1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi.
2006-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan.
Maʼlumot
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, pirimqul qodirov haqida ma’lumot. pirimqul qodirov nima? pirimqul qodirov nimani anglatadi?