Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aral samali (qoraqalpoqcha: «Aral Samali» No'kis futbol klubı/«Арал Самали» Нөкис футбол клубы) – Oʻzbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasin

Aral samali

Aral samali (qoraqalpoqcha: «Aral Samali» No'kis futbol klubı/«Арал Самали» Нөкис футбол клубы) – Oʻzbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida faoliyat koʻrsatgan sobiq oʻzbek va qoraqalpoq futbol klubi.

FC Aral samali
Toʻliq nomi Aral samali futbol klubi
Laqabi Orolliklar
Orol shamoli
Asos solingan 1976-yil
Tugatilgan 2022-yil
Turan stadioni
Sigʻimi 9.300
Bosh direktor Dauletmurod Bekmurodov
Bosh murabbiy Temur Turdiev
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Oʻrni 10-oʻrin

Aral samali yoki Orol shamoli jamoasi Qoraqalpogʻistondagi eng qadimgi va eng mashhur klubi hisoblanadi. Orol dengizi nomi bilan atalgan (Orol – qisqartirilgan nom).

Tarixi

Qoraqalpogʻistondagi birinchi futbol klubi 1976-yil Nukusda „Amudaryo“ (shahar va respublika hududidan oqib oʻtuvchi daryo sharafiga) nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, u 1989-yilgacha shu nom ostida SSSR futbol musoboqalarida ishtirok etgan.

1976—1984-yillarda u SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etgan, ammo bu yillar davomida unchalik muvaffaqiyatga erisha olmagan. SSSR Ikkinchi ligasidagi eng yaxshi yutugʻini 1978-yilda (14-oʻrin) qoʻlga kiritgan. 1984-yilda jamoa Ikkinchi liga turnir jadvalida soʻnggi, 20-oʻrinni egallaga va SSSR musoboqalarini tark etgan. Keyinchalik jamoa 1985—1989-yillar oraligʻida Oʻzbekiston SSR musobaqalarida oʻynashni davom ettirgan va Oʻzbekiston SSR chempionati va kubogida ishtirok etgan.

1990 va 1991-yilgi mavsumlarda u SSSR Ikkinchi quyi ligasida qatnashib, 10 va 11-oʻrinlarni egallagan. 1990-yilda klub „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha esa „Orol“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan.

SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991-yilning ikkinchi yarmida) Oʻzbekiston milliy chempionati 1992-yildan oʻtkazila boshlangan.

Oʻzbekiston oliy ligasining debyut mavsumida „Orol“ klubi ham mamlakatning 16 ta jamoasi qatori Oliy ligadan oʻrin olgan. Natijada Superliganing debyut mavsumida jamoa 14-oʻrinni egallagan. 1994-yili „Orol“ klubi turnir jadvalida 15-oʻrinni egallab, birinchi ligaga tushib ketgan. Nukus klubi 1994-yilgi mavsumni qoʻshganda 3 mavsum davomida Oliy ligada ishtirok etgan va Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketgan. Oʻzbekiston Birinchi ligasida 1995-yildan 1999-yilgacha ishtirok etgan. 1999-yilgi mavsum Orol ligada 9-oʻrinni egallaganiga qaramay, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining har bir viloyatdan oliy ligada kamida bittadan jamoa boʻlishi toʻgʻrisidagi qarori va ligadagi jamoalarni oshirilishi sababli reglamentda koʻzda tutilmagan holda Oliy ligaga yoʻl olgan.

2000—2005-yillarda „Turon“ nomi ostida Oʻzbekiston musoboqalarida ishtirok etgan. 2000 va 2001-yilgi mavsumlarda Turan (Turon) nomi ostida Oliy ligada ishtirok etgan. Oliy ligaga qaytgan dastlabki mavsumida jamoa 15-oʻrinni egallagan. 2001-yilgi mavsumda klub tarkibi kuchsizlanishi sababli 17-oʻrinni egallagan va yana quyi ligaga tushib ketgan. 2002-yilgi mavsumda jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasida 12-oʻrinni egallab oʻz oʻrnini saqlab qolganiga qaramay, moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2003-yilgi mavsumda jamoa birinchi ligadagi ishtirokini toʻxtatgan.

2003-yildan 2006-yilgacha klub moliyaviy qiyinchilik sababli Oʻzbekiston ikkinchi liga baxslari, Qoraqalpogʻiston mintaqaviy ligasida ishtirok etgan. 2006-yilda Nukus klubi Oʻzbekiston ikkinchi ligasining final bosqichi, oʻtish turnirida ishtirok etgan xolda Oʻzbekiston Birinchi ligasi yoʻllanma olgan. Professional ligaga toʻrt yillik tanafusdan keyin qaytgan jamoa 2007-yildan Jayhun nomi ostida Oʻzbekiston birinchi liga oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan. 2012-yildan 2019-yilgacha Orol nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 2020-yilgi mavsum klub nomi „Aral samali“ deb oʻzgartirilgan. 2022-yilgi mavsum soʻngida klub moliyaviy muammolar sababli Oʻzbekiston Pro ligasidagi ishtirokini va professional klub sifatidagi faoliyatini toʻxtatgan.

2021-yilda jamoa Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etadi.

Nomlar oʻzgarishi

1976—1989 Amudaryo Nukus
1989—1990 Aralvodstroevets
1991—1999 Orol Nukus
2000—2005 Turan (oʻzbekcha: Turon / Турон)
2006 NOZSK
2007—2011 Jayhun Nukus
2012—2019 Orol
2020—2022 Aral samali

Aral samali jamoasi haqida qiziqarli faktlar

1. 1976-yili Nukusda „Amudaryo“ jamoasi tuzildi va shundan soʻng klubning nomi 6 marta oʻzgargan.

2. 1990-yili „Aralvodstroevets“, 1991-yildan 1999-yilgacha „Orol“, 2000-yildan 2006-yilgacha „Turon“, 2006-yili „NOZK“, 2007-yili „Jayhun“ deb oʻzgargan boʻlsa, 2012-yildan 2020-yilgacha yana „Orol“ nomi ostida faoliyat yuritgan. 2020-yildan „Aral samali“ yoki „Orol Shamoli“ nomi ostida faoliyat olib borgan.

3. Nukusliklar 1992—1994 va 2000—2001-yillar mavsumida Oliy ligada harakat qilgan boʻlsa, 1995—1999 va 2002, 2007—2018 va 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etgan. 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston birinchi ligada o'ynagan. 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston ikkinchi ligasi, mahalliy Qoraqalpogʻiston ligasida ishtirok etgan.

4. Klub 1976-yildan 1984-yilgacha va 1990—1991-yillar davomida Sovet Ittifoqining ikkinchi ligasida oʻynagan.

5. 1991-yili Nukus klubi Sovet Ittifoqining Ikkinchi ligasi 9-hududida 11-oʻrinni egallagan. Bu klubning Sobiq Ittifoq davridagi eng yaxshi natijasidir.

6. 1993-yili „Orol“ jamoasi Oliy ligada 11-oʻrin bilan chempionatni yakunlagan. Bu klubning chempionatdagi eng yuqori natijasidir.

7. „Orol“ning bugungi kundagi uy stadioni hisoblanadigan „Turon“ oʻz bagʻriga 9300 muxlisni sigʻdira oladi.

8. Nukusliklar Oliy liga doirasida „Paxtakor“ga qarshi oʻz maydonlarida kechgan 5 oʻyinning 3 tasida gʻalaba qozonishgan.

9. Rossiyaning „Kuban“ jamoasini bir necha yil boshqargan mashhur mutaxassis Vladimir Aleksandrovich Brajnikov 1982—1983-yillarda Nukusning „Amudaryo“ jamoasida bosh murabbiy boʻlgan.

10. Oʻz vaqtida „Paxtakor“, „Buxoro“ va „Neftchi“ kabi jamoalar darvozalarini qoʻriqlab 2 marta Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Denis Ivankov faoliyatini 1990-yili „Orol“ jamoasida boshlagan.

11. „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasini boshqargan murabbiy Ravshan Haydarov futbolchilik faoliyatida 1988—1989-yillar davomida Nukusning „Aralvodstroevets“ jamoasi safida 72 oʻyinda 10 ta golga mualliflik qilgan.

12. Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni Aleksandr Lobanov 2011-yili Nukusning „Jayhun“ jamoasi tarkibida Birinchi ligada toʻp surgan.

13. Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan mashhur darvozabon Berdax Allaniyazov 1991—1994 va 2000-yili nukusliklar sharafini Oliy ligada himoya qilgan. Berdax terma jamoa tarkibida 8 oʻyin oʻtkazgan.

14. Qoraqalpoq futboli faxri hisoblanadigan Neʼmatullo Quttiboyev „Orol“ jamoasi safida Sobiq Ittifoq Ikkinchi ligasi va Oʻzbekiston Oliy ligasi oʻyinlarida 37 ta gol urgan.

15. Nematullo Quttiboev Oʻzbekiston terma jamoasida eng koʻp gol urgan qoraqalpogʻistonlik futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa libosida 14 oʻyinda 5 ta golga mualliflik qilgan.

Mahalliy musobaqalar

Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin Y D M UG OʻG O Futbolchi gol
1992 Oʻzbekiston Oliy ligasi
1993
1994
1995 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
1996
1997
1998
1999
2000 Oʻzbekiston Oliy ligasi
2001
2002 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
2003 Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi
2004
2005
2006
2007 Oʻzbekiston Pro ligasi
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019 Oʻzbekiston Birinchi ligasi 3 20 10 3 7 34 34 33 Ikkinchi bosqich
2020 Oʻzbekiston Birinchi ligasi 8 17 7 4 6 33 29 38 Ishtirok etmagan   Navroʻz Alimov 11  
2021 Oʻzbekiston Pro ligasi 8 20 3 6 11 21 27 15 Guruh bsoqichi   Navroʻz Alimov 6  
2022 10 26 4 2 20 15 97 14 Ikkinchi bosqich   Arislan Yusupbaev

  Norxon Sheripov

  Mahset Kalbaev

3  

Klub ramzlari

Stadion

Jamoaning uy arenasi 9300 tomoshabinga moʻljallangan "Turon" stadionidir.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Oliy Ligasi:11-oʻrin (1): 1993-yil
  • Oʻzbekiston Birinchi Ligasi: 4-oʻrin (2): 2011, 2014

Joriy tarkibi

2023-yil 31-mart holatiga.

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK   UZB Aybek Shamshetov
12 GK   UZB Omirbek Primbetov
1 GK   UZB Sharapat Bekimbetov
13 GK   UZB Ulugʻbek Bekboʻsinov
12 DF   UZB Ulug‘bek Yangiboyev
16 DF   UZB Yembergen Jumaboyev
13 DF   UZB Ajiniyaz Tureniyazov
23 DF   UZB Aydos Allambergenov
25 DF   UZB Foziljon Sobirov
18 MF   UZB Islam Seytnazarov
17 MF   UZB Jamshid Boranbayev
20 MF   UZB Jamshid Gulmirzayev
21 MF   UZB Mirjalol Qurbonov
13 MF   UZB Quanish Bazarbayev
14 MF   UZB Ruslanbek Menlimuratov
5 MF   UZB Temur Masharipov
13 MF   UZB Albert Sdikov
10 MF   UZB Azamat Ilyasov
14 MF   UZB Baurjan Keunimjayev
R. Poz. Millati Futbolchi
77 FW   UZB Yerbol Seytnazarov
24 FW   UZB Erkinbay Jametov
24 FW   UZB Jasur Tojiboyev
96 FW   UZB Javlon Primbetov
8 FW   UZB Miras Karlibayev
22 FW   UZB Mirjalol Qosimov
23 FW   UZB Miyirbek Qalmurzayev
30 FW   UZB Murod Mambetov
12 FW   UZB Norxon Sheripov
4 FW   UZB Rasul Musayev
6 FW   UZB Sunnatillo Mamadaliyev
27 FW   UZB Zulpuqar Kuanishbayev
99 FW   UZB Amir Abdirizayev
10 FW   UZB Arislan Yusupbayev
11 FW   UZB Aybek Roʻzimov
7 FW   UZB Azamat Bobojonov
7 FW   UZB Marlen Tugelbayev
88 FW   UZB Maxset Kalbayev
10 FW   UZB Navro‘z Alimov

U21

U19

Bosh murabbiylar

Yillar Bosh murabbiy
1976-yil Maʼlumot yoʻq
1977-yil Artyom Falyan
1978-yil Vitaliy Vitkalov
1979-yil Yakov Kaprov
1980—1981-yillar Maʼlumot yoʻq
1982—1983-yillar Vladimir Brajnikov
1984-yil Akmal Azizxoʻjayev
1985—1989-yillar Maʼlumot yoʻq
1990—1993-yillar Jangabay Buranov
1994—2009-yillar Aniq maʼlumotlar yoʻq
2010—2016 Nematullo Quttiboev
2016—2017-yillar Timur Turdiev
2018 - hozirgi kungacha ichida. Quvvat Tureev
2021—2022 Timur Turdiev

Jamoada toʻp surgan mashhur futbolchilar

Yana qarang

  • Toʻrtkoʻlchi
  • Aral

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, aral samali haqida ma’lumot. aral samali nima? aral samali nimani anglatadi?

Yuqori