Alisher Vositovich Vohidov — oʻzbek diplomati. 1994—2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.
| Alisher Vositovich Vohidov | |
|---|---|
| Mansab davri 1994-yildan – 2008-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Bahodir Abdurazzoqov |
| Vorisi | Murod Asqarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 7-mart 1947-yil Toshkent |
Biografiyasi
1994-yildan — Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997—2008-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasining BMTdagi elchisi, doimiy vakili boʻlgan.
Oilasi
Otasi Vosit Vohidov (1917—1994) — taniqli jarroh, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Xirurgiya markaziga uning nomi berilgan.
Onasi — Lyubov Yegorovna Malina.
Opasi — Gulsara Vositovna Vohidova, tibbiyot fanlari nomzodi.
Akasi — Odilbek Vositovich Vohidov, tibbiyot fanlari nomzodi.
Rafiqasi Svetlana Rashidova — taniqli olima, jamoat arbobi. OʻzSSR sobiq rahbari Sharof Rashidovning qizi. BMT huzuridagi diplomatlar oilalari aʼzolari bilan ishlash boʻyicha Hospitality Committee for UN Delegations vitse-prezidenti boʻlgan. 2021-yilda vafot etgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alisher vohidov haqida ma’lumot. alisher vohidov nima? alisher vohidov nimani anglatadi?

