Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Balxi gumbaz — gumbazning sodda turi. Toʻgʻri toʻrtburchak va murabba tarhli xonalar devori ustiga oʻrnatiladi. Balxi gumbaz koʻpincha past tomli binolarda (ham

Balxi gumbaz

Balxi gumbaz — gumbazning sodda turi. Toʻgʻri toʻrtburchak va murabba tarhli xonalar devori ustiga oʻrnatiladi. Balxi gumbaz koʻpincha past tomli binolarda (hammom, suv ombori va qaznoqlarda) qoʻllanadi. Gumbazli bino xonalarining tarhida koʻrsatilgan shakliga putur yetkazmagan holda yopilgan. Balxi gumbazda xona devorlarining past boʻlishi va gumbazning birinchi qator gʻishti xona ichiga surib terilishi binoning mustahkamligini oshirgan. Gumbazning ogʻmaligi har bir burchakdan boshlab qoʻyilgan gʻishtning ogʻmaligiga bogʻliq boʻlgan. Devor burchaklariga qoʻyiladigan "neshburik" yoki "gʻoz" gʻishtlari pona shaklida yoʻnaladi.

Poʻlat Zohidov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, balxi gumbaz haqida ma’lumot. balxi gumbaz nima? balxi gumbaz nimani anglatadi?

Yuqori