Tomdibuloq — Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi shaharcha (2009-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qizilquduq (65 km). Aholisi 5,1 ming kishi (2024). Artezian qudugʻidan suv oladi. Hududida tuman hokimiyati, tuman davlat va maʼmuriy tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, klub muassasalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, aloqa boʻlimi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Tomdibuloqdan tumandagi yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi.
Tomdibuloq | |
|---|---|
| shaharcha | |
| 41°43′0″N 64°37′0″E / 41.71667°N 64.61667°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Navoiy viloyati |
| tuman | Tomdi tumani |
| Aholisi (2024) | 5 100 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Yana qarang
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tomdibuloq haqida ma’lumot. tomdibuloq nima? tomdibuloq nimani anglatadi?

