Silvio Berlusconi (1936-yil 29-sentabr — 12-iyun 2023) — italiyalik siyosatchi va tadbirkor. 1994-yil mayidan 1995-yil yanvarigacha, 2001-yil iyunidan 2006-yil maygacha va 2008-yil mayidan 2011-yil noyabrigacha Italiya Bosh vaziri boʻlgan. U boshqa lavozimni egallamasdan birinchi boʻlib Bosh vazir boʻldi. Berlusconi, Forza Italia nomli koalitsiya rahbari.
| Silvio Berlusconi | |
|---|---|
![]() Silvio Berlusconi 2019-yil may oyida | |
| Italiya bosh vaziri | |
| Mansab davri 8-may 2008 | |
| Hukumat boshligʻi | Giorgio Napolitano |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 29-sentyabr 1936-yil Milan, Italiya |
| Vafoti | 12-iyun 2023-yil (86 yoshda) |
| Faoliyati | siyosat |

Berluskoni 1936 yilda Milanda tug‘ilgan, u yerda o‘rtahol oilada o‘sgan. Uning otasi Luidji Berluskoni (1908–1989) bank xodimi, onasi Roza Bossi (1911–2008) uy bekasi. U uchta farzandning birinchisi edi; uning singlisi Mariya Francheska Antonietta (1943–2009) va ukasi Paolo (1949 yilda tugʻilgan) bor edi. Uning o‘nta nevarasi bor.
Berlusconi, shuningdek, Italiyaning eng muhim menejeri, u Mediaset televizion guruhi, Mondadori tahririyat guruhi va Mediolanum SpA bank guruhining egasi. Milanda tugʻilgan. 2020-yil iyul oyida uning boyligi 6,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Berlusconi adolat bilan bogʻliq baʼzi muammolarga duch keldi, jumladan firibgarlik (1994, 1996) va korruptsiya (1998). 1990-yillarda u siyosatga kirgan va 1994-yilda, 2001-yilda va 2008-2011-yillarda hukumat rahbari boʻlgan. 2012-yil 26 oktyabrda u firibgarlikda ayblangan. 2013-yil 1 avgustda uning qamoq muddati tasdiqlandi, qariganligi sababli u 4-yilni uy qamogʻida oʻtashi kerak boʻladi. 2013-yilda Berlusconi voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilish uchun pul toʻlaganlikda ayblangan. Bu hukm 2014-yil 18-iyulda bekor qilindi .
2019-yilda u 2019-yilgi saylovlarda Yevroparlament deputati etib saylangan. Avvalroq 1999-2001-yillarda Yevroparlament deputati bo‘lgan. U 2022-yilgi saylovlarda Italiya prezidentligiga nomzod sifatida koʻrildi.
2020-yilning 2-sentyabr kuni butun dunyo boʻylab koronavirus pandemiyasi davrida Berlusconi COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Ertasi kuni Berlusconi pnevmoniya bilan Milanda kasalxonaga yotqizilgan. U 14 sentyabr kuni shifoxonadan chiqarilgan.
2023-yili 12-iyun kuni 87 yoshida vafot etdi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, silvio berlusconi haqida ma’lumot. silvio berlusconi nima? silvio berlusconi nimani anglatadi?

