Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Raʼd surasi (arabcha: سورة الرعد‎‎, nomining maʼnosi — Momaqaldiroq) — Qurʼonning 13-surasi. Madiniy suralardan biri, 43 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 249–

Raʼd surasi

Raʼd surasi (arabcha: سورة الرعد‎, nomining maʼnosi — Momaqaldiroq) — Qurʼonning 13-surasi. Madiniy suralardan biri, 43 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 249–255-sahifasida va 15 -juzida joylashgan. 96-boʻlib nozil boʻlgan.

Ibrohim    13–sura   Yusuf
Raʼd surasi — سورة الرعد
Qurʼon nusxalaridan biridagi Raʼd surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 43, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 13, qora rangda - Raʼd surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 96, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:13, 3. Nozil boʻlish tartibi:96, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:43, 6. Porasi (Juzi):13 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Momaqaldiroq
Tasnifi Madaniy sura
Statistika
Sahifasi 249–255
Juz 13
Sura raqami 13
Oyatlar soni 43
Sajda oyati 15-oyat
Rukuʼlar soni 6
Muqattaot harflari Alif, lom, mim, ro.
Soʻzlar soni 854
Harflar soni 3450
Nozil boʻlish tartibi 96

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Ibrohim surasi  Keyingisi 13 Oldingisi  Yusuf surasi
Nozil boʻlish tartibi
!   Keyingisi 96 Oldingisi  Muhammad surasi
                                   

Asosiy maʼnosi

Bu sura boshida Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasi oʻrtaga tashlanib, soʻng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib oʻtilgan har bir yaxshi-yomon amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot boʻlishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil toʻgʻrisida ikki ibratli masal keltiriladi.

Birinchisida jilgʻalarni toʻldirib oqib kelayotgan yomgʻir suvi haqiqatga, suv ustidagi koʻpik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida har qanday yerosti maʼdanlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho maʼdan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof maʼdan haqiqatga, chiqindilar esa botilga oʻxshatiladi. Mana shunga oʻxshash ibratli misollarni oʻzida jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning "Raʼd" - "Momaqaldiroq" deb nomlanishining sababi shudir.

Bizning nazarimizda, bu ulugʻ sura toʻlasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa oʻxshaydi. U momaqaldiroq moʻminlarni yomgʻirga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa,kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor boʻlishdan qoʻrquvga soladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, raʼd surasi haqida ma’lumot. raʼd surasi nima? raʼd surasi nimani anglatadi?

Yuqori