Polietilen, politen, polieten [—CH2—CH2—]l – karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga koʻra 105—130°, zichligi 920– 970&kg/m3. Elastikligi va choʻzilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar taʼsiriga chidamli; xlor va ftor taʼsirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar taʼsiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. Polietilen – jahon miqyosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi oʻrinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda (1200—1500 at), oʻrtacha bosimda (30—40 at) va past bosimda (1—7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, polietilen haqida ma’lumot. polietilen nima? polietilen nimani anglatadi?