Yusuf surasi (arabcha: سورة يوسف, nomining maʼnosi — Yusuf (nom)) — Qurʼonning 12-surasi. Makkiy suralardan biri, 111 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 235–248-sahifasida va 12-13-juzida joylashgan. 53-boʻlib nozil boʻlgan.
| Yusuf surasi — سورة يوسف | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Yusuf (nom) | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 235–248 | ||||||||||||
| Juz | 12-13 | ||||||||||||
| Sura raqami | 12 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 111 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 12 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | Alif, lom, ro. | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 1795 | ||||||||||||
| Harflar soni | 7125 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 53 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Ushbu surada, asosan, Allohning paygʻambarlaridan Yusuf ibn Yaʼqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, ogʻa-inilari va begonalardan koʻrgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yoʻliqqanlari, zindonband boʻlganlari va boshqalar haqida va bunday ogʻir koʻrgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u xazinasiga ega boʻlganlari xususida soʻz boradi.
Bu sura "Hud" surasidan keyin — Muhammad alayhissalom hayotlarining eng qora kunlarida — yaqinlari Xadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor-aziyatlar chekib, qiynalib yurgan kezlarida nozil boʻlgandir. Goʻyo Alloh taolo Oʻzining suyukli paygʻambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan balo-yu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulm-u zoʻravonliklariga sabr-qanoat qilib, oʻzlarining Haq yoʻlidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay, sobitqadam boʻlsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va tor-u tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazm-u uslubida oʻzgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir boʻlib, sheʼr-u dostonlar bitganlar, ulamolar esa bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida "Yusuf" surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir", deyilgan boʻlsa, yana birida: "Har qanday gʻam-tashvishga botgan mahzun kishi "Yusuf" surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur", deyiladi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yusuf surasi haqida ma’lumot. yusuf surasi nima? yusuf surasi nimani anglatadi?
