Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hud surasi (arabcha: سورة هود‎‎, nomining maʼnosi — Hud (nom)) — Qurʼonning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 221–235-sa

Hud surasi

Hud surasi (arabcha: سورة هود‎, nomining maʼnosi — Hud (nom)) — Qurʼonning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 221–235-sahifasida va 11-12-juzida joylashgan. 52-boʻlib nozil boʻlgan.

Yusuf    11–sura   Yunus
Hud surasi — سورة هود
Qurʼon nusxalaridan biridagi Hud surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 123, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 11, qora rangda - Hud surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 52, 3. Rukuʼsi soni - 10; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:11, 3. Nozil boʻlish tartibi:52, 4. Rukuʼsi:10, 5. Oyati:123, 6. Porasi (Juzi):11-12 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Hud (nom)
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 221–235
Juz 11-12
Sura raqami 11
Oyatlar soni 123
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 10
Muqattaot harflari Alif, lom, ro.
Soʻzlar soni 1947
Harflar soni 7633
Nozil boʻlish tartibi 52

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Yusuf surasi  Keyingisi 11 Oldingisi  Yunus surasi
Nozil boʻlish tartibi
Yusuf surasi   Keyingisi 52 Oldingisi  Yunus surasi
                                   

Asosiy mazmuni

Bu surada ham yolgʻiz Allohga, u zot yuborgan paygʻambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib oʻtgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida soʻzlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb, Muso va boshqa paygʻambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod, birinchidan, barcha moʻminlarga ilgari oʻtgan paygʻambarlar va ularni yolgʻonchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida maʼlumot berish boʻlsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisi — Abu Tolib hamda jufti haloli Xadichadan ajrab qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga roʻbaroʻ boʻlayotgan Muhammad alayhissalomga oʻtmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa daʼvat qilish yoʻlida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin-tasalli berishdir.

Bu sura Qurʼoni Karimning ayb-u nuqsonlardan pok va nazm-u magʻziga hech qachon hech kim tomonidan halal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini taʼriflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga paygʻambarlar yuborishdan koʻzlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud paygʻambar nomi bilan atalgandir.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hud surasi haqida ma’lumot. hud surasi nima? hud surasi nimani anglatadi?

Yuqori