Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Furqon surasi (arabcha: سورة الفرقان‎‎, nomining maʼnosi — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi ) — Qurʼonning 25-surasi. Makkiy suralardan biri, 77 oyatdan ibor

Furqon surasi

Furqon surasi (arabcha: سورة الفرقان‎, nomining maʼnosi — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi ) — Qurʼonning 25-surasi. Makkiy suralardan biri, 77 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 359–366-sahifasida va 18-19-juzida joylashgan. 42-boʻlib nozil boʻlgan.

Shuaro    25–sura   Nur
Furqon surasi — سورة الفرقان
Qurʼon nusxalaridan biridagi Furqon surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 77, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 25, qora rangda - Furqon surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 42, 3. Rukuʼsi soni - 6; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:25, 3. Nozil boʻlish tartibi:42, 4. Rukuʼsi:6, 5. Oyati:77, 6. Porasi (Juzi):18-19 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi haq bilan nohaqni ajratib berguvchi
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 359–366
Juz 18-19
Sura raqami 25
Oyatlar soni 77
Sajda oyati 60-oyat
Rukuʼlar soni 6
Muqattaot harflari yoʻq
Nozil boʻlish tartibi 42

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Shuaro surasi  Keyingisi 25 Oldingisi  Nur surasi
Nozil boʻlish tartibi
Fotir surasi   Keyingisi 42 Oldingisi  Yosin surasi
                                   

Asosiy mavzusi

Sura ushbu Furqonni — haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhissalomga Buyuk Tangri nozil qilganini taʼkidlash bilan boshlanadi.

Soʻngra: "Nega paygʻambar farishta emas, balki oddiy odamlarga oʻxshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan boʻlar ekan?" deydigan sarkash mushriklarning daʼvolari qatʼiy hujjatlar bilan rad etiladi.

Yana bu surada dohiy "doʻst"larning vasvasalariga uchib, oʻz iymon-eʼtiqod va dinu-u diyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib oʻtiladi.

Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari — haqiqiy moʻmin-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat neʼmatlariga erishishlariga sabab boʻladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi.

Qurʼoni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar "Furqon"— "haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob" deb atalaveradi. Bu suraga nom boʻlgan "Furqon"dan murod esa Qurʼondir.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, furqon surasi haqida ma’lumot. furqon surasi nima? furqon surasi nimani anglatadi?

Yuqori