Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bilderberg klubi, Bilderberg guruhi, Bilderberg anjumani (inglizcha: Bilderberg Group) – har yili oʻtkazib kelinadigan, taxminan 130 aʼzodan iborat norasmiy kon

Bilderberg guruhi

Bilderberg klubi, Bilderberg guruhi, Bilderberg anjumani (inglizcha: Bilderberg Group) – har yili oʻtkazib kelinadigan, taxminan 130 aʼzodan iborat norasmiy konferensiya boʻlib, unda Dunyoning eng qudratli shaxslari (prezidentlar, qirollar, milliarderlar va b.) qatnashib keladilar. Klub qatnashchilarining uchdan bir qismi amerikaliklardir. Qatnashchilarni omma orasida „Bilderbergerlar“ deyish urf boʻldi. Unda turli xil dolzarb muammolar muhokama qilinishi aytiladi. Har bir konferensiyadan soʻng norasmiy hisobot tayyorlanib, undagi maʼlumotlar sir saqlanadi.

Bilderberg majlisi
Ishga tushgan sanasi 29-may, 1954-yil (71 yil avval) (1954-05-29)
Raisi
  • Victor Halberstadt
  • Marie-Josée Kravis
Aʼzolari 150 kishi
Vebsayti bilderbergmeetings.org
Bilderberg klubining anjumanida qatnashgan davlatlar

Majlislari

 
AQSH Federal Gʻaznasi raisi Ben Bernanke Bilderberg uchrashuviga kelgan vaqti

Klub majlisi birinchi marta Gollandiyaning Arnem shahri yaqinidagi Bilderberg degan mehmonxonada 1954-yilda boʻlgan (majlis nomi shundan olingan). Klubning shtab kvartirasi Nyu Yorkda joylashgan.

Majlis boʻlgan joylar

 
Kanada
 
Ispaniya
  • 1954 – Gollandiya
  • 1955 – Fransiya
  • 1983 – en:Château Montebello, Kvebek, Kanada.
  • 1998 – en:Turnberry, en:South Ayrshire, Shotlandiya
  • 2005 – Germaniya.
  • 2006 – Ottava, Kanada.
  • 2007 – en:Şişli, Istanbul, Turkiya.
  • 2008 – en:Chantilly, Virginia, Virginiya, AQSH.
  • 2009 – Afina, Gretsiya.
  • 2009 – en:Castle of the Valley of the Duchess, Belgiya.
  • 2010 – Barselona, Ispaniya.
  • 2011 – Shveysariya
  • 2012 – en:Chantilly, Virginia, AQSH
  • 2013— Buyuk Britaniya
  • 2014 – Copenhagen Marriott, Daniya.
  • 2015 – InterAlpen, Telfs, Avstriya.
  • 2016 – Taschenbergpalais, Drezden, Germaniya.
  • 2017 – Virjiniya, AQSH.
  • 2018 – NH Torino Lingotto Congress, Turin, Italiya.

Tanqid

Ushbu klub „maxfiy tarzda dunyoni boshqaradi“ degan fikrlar bor.

Raislari

Bilderberg yigʻilishlari qoʻmitasi boshqaruv raislari Rais lavozimida ishlash muddati Mamlakat Lavozimi
  Lippe-Biesterfeld shahzodasi Bernhard

(1911–2004)

1954-yil 29-may – 1976 yil 29-sentyabr Niderlandiya Niderlandiya shahzodasi

(1948–1980), Niderlandiya qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni (1970–1976), Niderlandiya harbiy havo kuchlarining bosh qoʻmondoni (1953–1970), Niderlandiya dengiz floti bosh qoʻmondoni (1946–1970), Niderlandiya qirollik armiyasining bosh qoʻmondoni (1945–1970)

  Alec Douglas-Home

(1903–1995)

1977-yil 22-aprel – 1980-yil 20-aprel Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Bosh vaziri (1963–1964), Konservativ partiya yetakchisi (1963–1965),

Tashqi ishlar va Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha Davlat kotibi (1960–1963, 1970–1974), Kengashning lord prezidenti (1957, 1959–1960), Lordlar palatasining rahbari (1957–1960), Hamdoʻstlik munosabatlari boʻyicha Davlat kotibi (1955–1960), Lordlar palatasining aʼzosi (1951–1963, 1974–1995), Parlament aʼzosi (1931–1945, 1950–1951, 1963–1974)

  Valter Scheel (1919–2016) 1981-yil 15-may – 1985-yil 12-may Germaniya Germaniya prezidenti (1974–1979), Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi (1974), vitse-kansler (1969–1974),

Tashqi ishlar vaziri (1969–1974), Erkin demokratik partiya yetakchisi(1968–1974), Iqtisodiy hamkorlik vaziri (1961–1969), Yevropa parlamenti aʼzosi (1956–1961), Bundestag deputati (1953–1974)

Erik Roll (1907–2005) 1986-yil 25-aprel – 1989-yil 14-may Birlashgan Qirollik Lordlar palatasining aʼzosi (1977–2005)
  Piter Karington (1919–2018) 1990-yil 11-may – 1998-yil 17-may Birlashgan Qirollik NATO Bosh kotibi (1984–1988), Tashqi ishlar va Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha Davlat kotibi (1979–1982), Energetika boʻyicha davlat kotibi (1974), Konservativ partiya raisi (1972–1974), Mudofaa boʻyicha davlat kotibi (1970–1974), Lordlar palatasining rahbari (1963–1964), Portfelsiz vazir (1963–1964), Admirallikning birinchi Lordi (1959–1963), Avstraliyadagi Oliy komissar (1956–1959), Lordlar palatasining aʼzosi (1941–2018)
  Etyen Davignon (1932-yilda tugʻilgan) 1999-yil 3-iyun – 2011-yil 12-iyun Belgiya Sanoat va energetika boʻyicha Yevropa komissari (1981–1985), Ichki bozor boʻyicha Yevropa komissari, Bojxona ittifoqi va sanoat masalalari komissari (1977–1981)
  Anri de Castries (1954-yilda tugʻilgan) 2012-yil – 2019-yil 31-may (7 yil) Fransiya AXA raisi va bosh direktori (2000–2016)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bilderberg guruhi haqida ma’lumot. bilderberg guruhi nima? bilderberg guruhi nimani anglatadi?

Yuqori