Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

John Alan Lasseter (inglizcha: John Alan Lasseter; 1957-yil 12-yanvarda Kaliforniya AQShda tugʻilgan) — amerikalik animator va Pixar va Walt Disney Animation St

John Lasseter

John Alan Lasseter (inglizcha: John Alan Lasseter; 1957-yil 12-yanvarda Kaliforniya AQShda tugʻilgan) — amerikalik animator va Pixar va Walt Disney Animation Studios rejissyori (CCO), Pixar asoschilaridan biri. U Walt Disney Imagineering kompaniyasining bosh ijodiy maslahatchisi. Oskar sovrindori.

John Lasseter
Fayl:JohnLasseterOct2011.jpg, Annie Awards John Lasseter with Cars tie.jpg
Tavalludi 12-yanvar 1957
Fuqaroligi AQSh

Biografiyasi

John Lasseter Gollivudda, Kaliforniyada tugʻilgan. Johnning onasi „Bell Gardens“ nomli oʻrta maktabida sanʼat oʻqituvchisi edi. Otasi — Pol Lasseter — mahalliy Chevrolet dilerida omborga mas’ul edi. John Kaliforniyaning Vitter shahrida ulgʻaygan. Lasseterning onasining kasbi uning animatsiya va animatsiyaga boʻlgan ishtiyoqiga, otasining ishi esa uning mashinalarga boʻlgan muhabbati va qiziqishiga taʼsir koʻrsatdi. Bolaligida John hatto cherkov xizmatlari paytida ham koʻp chizgan.

Lasseter yoshligida, asosan, „Animatsiya sanʼati“ kitobi tufayli animator boʻlishga qaror qildi (inglizcha: The Art of Animation — Bob Tomas tomonidan yozilgan Disney Studios hikoyasidir.

John Lasseter ota-onasi va aka-ukalari oʻqigan Pepperdin universitetida oʻqishni boshladi. Biroq, u keyinchalik Walt Disney tomonidan asos solingan Kaliforniya sanʼat institutiga koʻchib oʻtdi; mashhur A113 sinfidagi oʻquvchilardaln biri boʻldi.

Lasseterga Disneyning uchta xodimi dars bergan: Erik Larson, Frenk Tomas va Olli Jonston, uning sinfdoshlari orasida Bred Bird, Jon Masker, Genri Selik va Tim Burton ham bor edi. U yerda boʻlgan vaqtida u ikkita „Xonim va chiroq“ (1979) va Nitemare (1980) qisqa filmlarini suratga tushgan. „Xonim va chiroq“ talabalar tanlovida g‘olib bo‘ldi va filmning bosh qahramoni oq chiroq keyinchalik Pixarning logotipiga aylandi.

Martaba

2011-yil 1-noyabrda John Lasseterning ismli yulduz Hillywood shon-shuhrat xiyoboniga qoʻyildi va u 2453-chi boʻldi.

2017-yilning noyabr oyida u odobsizlik ayblovlari tufayli olti oyga ishdan chetlashtirildi. 2018-yil iyun oyida John Lasseter shartnoma muddati tugaganidan keyin yil oxirida Disney kompaniyani tark etishini va shu vaqtgacha u maslahatchi rolini bajarishini eʼlon qildi. Shunday qilib, Oʻyinchoqlar tarixi 4 uning Pixardagi so‘nggi multfilmi bo‘ldi.

2019-yil yanvar oyida u Skydance Media kompaniyasining 2017-yilda tashkil etilgan animatsiya boʻlimi rahbari lavozimiga ishga qabul qilindi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, john lasseter haqida ma’lumot. john lasseter nima? john lasseter nimani anglatadi?

Yuqori