Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Humaza surasi (arabcha: سورة الهمزة‎‎, nomining maʼnosi — Bo‘htonchi) — Qurʼonning 104-surasi. Makkiy suralardan biri, 9 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 601-

Humaza surasi

Humaza surasi (arabcha: سورة الهمزة‎, nomining maʼnosi — Bo‘htonchi) — Qurʼonning 104-surasi. Makkiy suralardan biri, 9 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 601-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 32-boʻlib nozil boʻlgan.

Fil    104–sura   Asr
Humaza surasi — سورة الهمزة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Humaza surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 9, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 104, qora rangda - Humaza surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 32, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:104, 3. Nozil boʻlish tartibi:32, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:9, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Bo‘htonchi
Tasnifi Makkiy sura
Statistika
Sahifasi 601
Juz 30
Sura raqami 104
Oyatlar soni 9
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1
Muqattaot harflari yoʻq
Nozil boʻlish tartibi 32

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Fil surasi  Keyingisi 104 Oldingisi  Asr surasi
Nozil boʻlish tartibi
Mursalot surasi   Keyingisi 32 Oldingisi  Qiyomat surasi
                                   

Humaza — birovning ortidan imo-ishoralar bilan gʻiybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka oʻta berilib, faqat boylikka suyanuvchi, oʻzgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi - kufrga ketgan shaxslar qoralanib, ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.

Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Kishilar ortidan) gʻiybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy!

2. Qaysiki, u mol-dunyoni yigʻib, uni sanagani-sanagan

3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi, deb oʻylab yurgan kimsadir.

4. Yoʻq! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur!

5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?!

6.(U) yoqib qoʻyilgan Allohning bir olovidirki,

7. (u badanlarni teshib oʻtib) yuraklarga qadar yetur.

8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.

9. (Oʻzlari) uzun ustunlarda (zanjirband) boʻlurlar.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, humaza surasi haqida ma’lumot. humaza surasi nima? humaza surasi nimani anglatadi?

Yuqori