Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dinara togʻligi - Bolqon yarim orolining shim.-gʻarbidagi togʻlik. Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya va Albaniya hududida. Uzunligi 650 km, eni 23

Dinara togʻligi

Dinara togʻligi - Bolqon yarim orolining shim.-gʻarbidagi togʻlik. Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya va Albaniya hududida. Uzunligi 650 km, eni 230 km. Oʻrtacha balandlikdagi togʻlik, eng baland joyi 2692 m (Yezersa togʻi). Asosiy tizmalar (Velebit, Dinara, Durmitor, Kopaonik va b.) Adriatika dengizi sohili boʻylab, shim.-gʻarbdan jan.sharqqa choʻzilgan, uning eng baland sohil qismi dengizga tik tushgan. Dinara togʻligining shim.-gʻarbiy qismi ohaktoshlardan tashkil topgan, karst keng tarqalgan, sharqiy qismi slanets va qumtoshlardan iborat. Iqlimi sohil qismida subtropik, sharqida moʻʼtadil. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 15—20°, togʻlarda qish sovuq (—18°). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 2° dan —8° gacha. Yillik yogʻin 1000–3000 mm, Kotora buxtasida 4000 mm gacha, togʻlarda 500–700 mm. Sharqiy qismida dub, qoraqayin va igna bargli oʻrmonlar bor. Dengiz boʻyidagi togʻ yon bagʻirlari butazor, doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalarida karstli yalangliklar uchraydi. Dinara togʻligida bir qancha maydonlar davlat qoʻriqxonalari deb eʼlon qilingan. Togʻlikning gʻar-biy. qismida boksit, qoʻngʻir koʻmir, sharqida temir rudasi, mis, qalay, marganets, surma konlari bor.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dinara togʻligi haqida ma’lumot. dinara togʻligi nima? dinara togʻligi nimani anglatadi?

Yuqori