Kavsar surasi (arabcha: سورة الكوثر, nomining maʼnosi — Kavsar) — Qurʼonning 108-surasi. Makkiy suralardan biri, 3 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 602-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 15-boʻlib nozil boʻlgan. Bu suraning boshqa suralardan ajoyibligi shundaki, unda „م“ (mim) harfi bor birorta soʻz ishtirok etmagan.
| Kavsar surasi — سورة الكوثر | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Kavsar | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 602 | ||||||||||||
| Juz | 30 | ||||||||||||
| Sura raqami | 108 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 3 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 1 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 15 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Tafsir
“Kavsar” - Muhammad (s.a.v.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq, undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi. 1-oyat. Kavsar soʻzining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud.
Masalan, Kavsar - bu "kasir" so‘zining mubolag‘a siyg'asi, ya'ni juda koʻp (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi. 3-oyat. Sura oxirida Payg‘ambar dushmanlarini ta'riflab, Alloh taolo ularni "abtar" deydi. “Abtar” so'zining ham bir necha tafsirlari mavjud. Masalan, abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o‘chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg‘ambar (a.s.)ga nisbatan mushriklar bu so‘zni qo'llab, undan o‘g‘il farzand bo‘lmadi, demak, uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya bergan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kavsar surasi haqida ma’lumot. kavsar surasi nima? kavsar surasi nimani anglatadi?
