Kofirun surasi (arabcha: سورة الكافرون, nomining maʼnosi — Kofirlar) — Qurʼonning 109-surasi. Makkiy suralardan biri, 6 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 603-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 18-boʻlib nozil boʻlgan.
| Kofirun surasi — سورة الكافرون | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Kofirlar | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 603 | ||||||||||||
| Juz | 30 | ||||||||||||
| Sura raqami | 109 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 6 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 1 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Soʻzlar soni | 27 | ||||||||||||
| Harflar soni | 95 | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 18 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini koʻrib, xavotirga tushib qolgan kofirlar paygʻambar alayhissalomni ham, sahobalarni ham bu toʻgʻri yoʻldan chalgʻitish gʻarazida u kishining oldilariga kelib: "Ey Muhammad, kel, bizlar sening Xudoyingni tan olib, Unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz Xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin", -deyishganida nozil boʻlgandir. Bu suradan koʻzda tutilgan maqsad — Paygʻambar alayhissalomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishga daʼvat etishdir.
Tarjimasi
Alouddin Mansur tarjimasi
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey Muhammad,) ayting: "Ey kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.
- Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.
- Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!"
Abdulaziz Mansur tarjimasi
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
- (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar!
- Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.
- Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.
- Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir".
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kofirun surasi haqida ma’lumot. kofirun surasi nima? kofirun surasi nimani anglatadi?
