Aktinomitsetlar, nursimon zamburugʻlar — shoxlangan hujayralar yoki giflarni hosil qiluvchi bakteriyalar. Ular tuzilishida zamburugʻlarga xos xususiyatlar ham mavjud. Aktinomitsetlarga chin aktinomitsetlar, mikobakteriyalar, streptomitsetlar va boshqa kiradi; 700 ga yaqin turi bor. Aktinomitsetlar sub-stratdan nursimon oʻsib chiqqan ingichka 78 ipchalardan iborat (nursimon zamburugʻ nomi shundan kelib chiqqan). Ipcha (mitselliy) shoxchalarining uchida sporalar boʻladi. Anashu sporalardan koʻpayadi. Tuproq, suv havzalari, havo va oʻsimlik qoldiqlarida uchraydi. Baʼzilari odam va hayvonlarda (aktinomikoz, sil, difteriya), shuningdek oʻsimliklarda parazitlik qiladi. Antibiotiklarni hosil qiluvchi turlari (asosan, streptomitsetlar), pigmentlar, vitaminlar va shu kabilardan mikrobiologiya sanoatida foydalaniladi, shuningdek doridarmonlar (antibiotiklar) olinadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, aktinomitsetlar haqida ma’lumot. aktinomitsetlar nima? aktinomitsetlar nimani anglatadi?