Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kamolov Murod Qallibekovich (1955-yil 24-iyun, Nukus) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston davlat arbobi, 2020-yildan 2022-yilgacha Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi Kenes

Murod Kamolov

Vikipediyada ismi Murod va familiyasi Kamolov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Kamolov Murod Qallibekovich (1955-yil 24-iyun, Nukus) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston davlat arbobi, 2020-yildan 2022-yilgacha Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi Kenesining raisi va ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Senati raisining oʻrinbosari boʻlgan.

Murod Kamolov
 Qoraqalpogʻiston Joqorgʻi Kenesining raisi
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Musa Yerniyazov
Vorisi Amanbay Orinbayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-avgust 1955-yil (1955-08-24) (70 yosh)
Nukus
Maʼlumoti KGB oliy maktabi
Unvoni Polkovnik

Hayoti

Murat Kamolov 1955-yil 24-iyunda Nukusda tugʻilgan.

1977-yilda SSSR KGB oliy maktabini tugatgan.

1987-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining kichik ilmiy xodimi.

1990-1991 — „Konsul“ diplomatik va boshqa unga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish tashkilotining bosh mutaxassisi.

1991-1996-yillarda — Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi huzuridagi „Qoraqalpoqintorg“ xorijiy mamlakatlar bilan biznes hamkorlik assotsiatsiyasining Toshkentdagi vakolatxonasi direktori.

1996—2010 — Toshkentdagi „Stellar“ unitar korxonasi rahbari.

2010—2018 — „Huquqiy biznes ham konsalting agentligi“ yuridik firmasining maslahatchisi.

2018—2020 — Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpogʻiston boʻyicha boshqarmasi boshligʻi.

2020-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kenges raisi. Qoraqalpogʻistondagi namoyishlardan soʻng, 2022-yil 26-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan sessiyada vazifasidan ozod etildi. Murod Kamolov oʻrniga Amanbay Orinbayev Joʻqorgʻi kenges raisi etib tayinlandi.

Murat Kamolov — Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1963-1984) Qallibek Kamolovning oʻgʻlidir.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, murod kamolov haqida ma’lumot. murod kamolov nima? murod kamolov nimani anglatadi?

Yuqori