General-polkovnik — generallar tarkibidagi harbiy unvon. Dunyoning bir qator davlatlarida amalda. Adliya xizmatidagi 1-darajali davlat adliya maslahatchisi unvoniga teng.

Oʻzbekistonda ushbu harbiy unvon Armiya generali unvonidan quyiroq, General-leytenant unvonidan yuqoriroq turadi. Bojxona, ichki ishlar vazirligi (IIV), davlat xavfsizlik xizmati (DXX), milliy gvardiya (MG) va favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xizmatidagilar uchun eng oliy harbiy unvon hisoblanadi.
- Oʻzbekistonda
- Rustam Ahmedov, Mudofaa vaziri (1992-1997)
- Hikmatilla Tursunov, Mudofaa vaziri (1997-2000)
- Rustam Inoyatov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi (1995-2018)
- Toʻlqin Qosimov, Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari (2000-2003)
- Qobul Berdiyev, Mudofaa vaziri (2008-2017)
- Zokir Almatov, Ichki ishlar vaziri (1991-2006)
- Bahodir Toshmatov, Milliy gvardiya qoʻmondoni (2017-2020)
- Bahodir Qurbonov, Davlat xavfsizlik xizmati raisi (2024-yildan)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, general-polkovnik haqida ma’lumot. general-polkovnik nima? general-polkovnik nimani anglatadi?