Sherzod Xotamovich Shermatov 1977-yil 7-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, 2021-yil 17-noyabrdan 2022-yil 30-dekabrgacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri sifatida faoliyat olib borgan. 2022-yil 30-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga tayinlangan.
| Shermatov Sherzod Xotamovich | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 30-dekabr 2022-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | uning oʻzi (vazirlik qayta tashkil qilingan) |
| Mansab davri 2021-yildan – 30-dekabr 2022-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Shuhrat Sodiqov |
| Vorisi | uning oʻzi (vazirlik qayta tashkil qilingan) |
| Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Xurshid Mirzohidov |
| Vorisi | Shuhrat Sodiqov |
| Mansab davri 2018-yil 20-iyundan – 2021-yil 16-noyabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ulugʻbek Inoyatov |
| Vorisi | Baxtiyor Saidov |
| Mansab davri 2021-yil 17-noyabrdan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Shuhrat Sodiqov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 7-aprel 1977-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
| Mukofotlari | |
Taʼlim
Maʼlumoti oliy. 1993—1998-yillarda Toshkent davlat texnika universitetini, 1998—2000-yillarda Аmerika Qoʻshma Shtatlari Yale universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Valyuta iqtisod bosh boshqarmasi bosh iqtisodchisi sifatida boshlagan. 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, 2004—2005-yillarda Birlashgan millatlar tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati „Raqamli rivojlanish tashabbusi“ taraqqiyoti dasturi koordinatori, 2005—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari yordamchisi, 2005-yilda qisqa muddat Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati „Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish“ loyihasi rahbari, 2005—2008-yillarda Bilimlarni boshqarish va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yechimlari boʻyicha maslahatchi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Samarali boshqaruv boʻlimi rahbari, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining shoʻba mudiri, 2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati yetakchi inspektori, bosh inspektori kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2014—2016-yillarda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifalarida ishlab, 2016-yildan hukumat tarkibiga qaytgan. 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirning birinchi oʻrinbosari, 2017—2018-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi, 2018-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari, 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri sifatida ishlab, 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
“Do‘stlik” ordeni bilаn tаqdirlаngаn.
Oilasi
Oilali, toʻrt nafar farzandi bor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sherzod shermatov haqida ma’lumot. sherzod shermatov nima? sherzod shermatov nimani anglatadi?


