Viktor Alekseevich Zubkov (15-sentyabr 1941-yil, Sverdlovsk viloyati, Rossiya, SSRI) – iqtisod fanlari doktori, 2007-2008-yillarda Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi, hozirda Gazprom kompaniyasi direktorlar kengashi raisi.
| Viktor Alekseevich Zubkov | |
|---|---|
ruscha: Виктор Алексеевич Зубков | |
![]() | |
| Rossiya Bosh vaziri | |
| Mansab davri 2007-yil 15-oktyabrdan – 2008-yil 7-maygacha | |
| Oʻtmishdoshi | Mixail Fradkov |
| Vorisi | Vladimir Putin |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 15-sentyabr 1941-yil Sverdlovsk |
| Ilmiy unvoni | iqtisod fanlari doktori |
| Mukofotlari |
|
Hayoti
1941-yil 15-sentyabrda Sverdlovsk viloyati Kushvinskiy tumani Arbat qishlogʻida tugʻilgan, maktabni shu yerda tugatgan.
1958-1960 – Monchegorsk mexanika taʼmirlash zavodida mexanik, Murmansk viloyati Monchegorsk shahridagi Severonikel zavodining „Nittis-Kumujye“ konida mexanik.
1960-1965 – Leningrad qishloq xoʻjaligi institutida oʻqigan.
1965-1967-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan.
1967-1985-yillarda Leningrad viloyati sovxozlarida boʻlim mudiri, direktor oʻrinbosari, direktor, sovxoz birlashmasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
1985-1991-yillarda – Priozyorsk shahar ijroiya qoʻmitasining raisi, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Priozyorsk shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boshqarmasi boshligʻi, Leningrad viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
1991-1993-yillarda – Sankt-Peterburg meriyasi tashqi aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (rais lavozimini Vladimir Putin egallagan).
1993-1999-yillarda – Rossiya Federatsiyasi Davlat soliq xizmati rahbarining oʻrinbosari – Sankt-Peterburg shahri boʻyicha davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi.
1999-yilda oʻzini Leningrad viloyati gubernatori lavozimiga nomzod qilib koʻrsatdi. 8,6% ovoz bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
1999-2001-yillarda – Rossiya Federatsiyasi davlat soliq xizmatining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha oʻrinbosari – Sankt-Peterburgdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boshqarmasi boshligʻi.
2001-2004-yillarda – Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari – Moliyaviy monitoring qoʻmitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
2004-2007-yillarda – Federal moliyaviy monitoring xizmati rahbari.
2007-yil 12-sentyabrda Prezident Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi lavozimiga Zubkov nomzodini koʻrsatdi. 14-sentyabrda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi uni ushbu lavozimga tasdiqladi (381 deputatdan 47 nafari qarshi, 8 nafari betaraf). 2008-yil 8-maygacha shu lavozimida qoldi.
2007-yil 4-oktyabrdan 2012-yil 25-maygacha – Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi.
2007-yil 15-oktyabrdan 2008-yil 27-maygacha – Rossiya va Belorussiya ittifoq davlati Vazirlar Kengashi raisi.
2008-yil 12-maydan 2012-yil 21-maygacha – Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi oʻrinbosari. Rossiya Federatsiyasi hukumatida agrosanoat kompleksi, oʻrmon va baliqchilikning rivojlanishini nazorat qildi.
2008-yil 27-iyundan „Gazprom“ OAJ direktorlar kengashi raisi.
2008-yil 12-dekabrdan 2011-yil 19-avgustgacha – „Rosagrolizing“ OAJ direktorlar kengashi raisi.
2010-yil 11-yanvardan 2012-yil maygacha – Iqtisodiy rivojlanish va integratsiya masalalari boʻyicha qoʻshma hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari – bojxona-tarif va tarifsiz tartibga solish, tashqi savdoda himoya choralari boʻyicha quyi qoʻmita rahbari.
2012-yil 7-8-may kunlari – Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
2012-yil 30-maydan – Rossiya Prezidentining Gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumi bilan hamkorlik boʻyicha maxsus vakili.
2012-yil yanvaridan 2014-yil martigacha – „Gazprom Gazomotornoye Toplivo“ MChJ boshqaruvi raisi va bosh direktori.
Sankt-Peterburg muloqot forumining muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi.
Rus pravoslav cherkovining Yangi Quddus monastirini qayta tiklash xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi.
Mukofotlari
1-darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (2012).
II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (2008-yil 19-sentyabr) – davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi va koʻp yillik samarali faoliyati uchun.
III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2006-yil 9-may) – Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun.
IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2000-yil 11-aprel) – davlat oldidagi xizmatlari va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ulkan hissasi uchun.
Aleksandr Nevskiy ordeni (2015).
Ofitser qurol-xanjari.
Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1981).
"Hurmat belgisi" ordeni (1975).
„Mehnat faxriysi“ medali (1986).
Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan iqtisodchisi (2001-yil 16-sentyabr) – iqtisodiyot va moliyaviy faoliyat sohasidagi xizmatlari uchun.
Rossiya Federatsiyasining neft va gaz sanoatida xizmat koʻrsatgan xodimi (2021-yil 10-sentyabr) – neft va gaz sanoatidagi xizmatlari va koʻp yillik vijdonli mehnati uchun.
Rossiya Federatsiyasi hukumatining Faxriy yorligʻi (1998)
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tashakkurnomasi (2003-yil 24-oktyabr) – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash tizimini yaratishdagi xizmatlari uchun.
Leningrad viloyatining faxriy fuqarosi (2009).
Volgograd shahrining faxriy fuqarosi.
Priozyorsk shahrining faxriy fuqarosi.
Sestroretsk shahrining faxriy rezidenti (2015).
1-darajali muqaddas muborak knyaz Daniil ordeni.
„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni qoʻmondon yulduzi (Vengriya, 2012) – Vengriya-Rossiya ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirgani uchun.
Sanksiyalar
2022-yil 27-oktyabrda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli, Rossiya energetika sohasidagi kompaniyalar bilan aloqador shaxs sifatida, Kanadaning sanksiyalari roʻyxatiga „Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi harakatlarini asossiz qoʻllab-quvvatlashdagi roli“ uchun kiritilgan. 2023-yil 24-fevralda rus elitalariga qarshi Britaniya sanksiyalari ostida qoldi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, viktor zubkov haqida ma’lumot. viktor zubkov nima? viktor zubkov nimani anglatadi?
