Amerika – ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km2. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021). Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili 10—11-asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan.
![]() | |
| Maydoni | 42 549 000 km2 |
|---|---|
| Aholisi | 1,2 milliard |
| Aholi zichligi | 22,67/km2 |
| Etnoxoronim | amerikalik |
| Davlatlar | 35 |
| Tillar | ispancha, inglizcha, portugalcha, fransuzcha va boshqalar |
| Vaqt mintaqalari | UTC−10:00 dan UTC gacha |
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, amerika qitʼasi haqida ma’lumot. amerika qitʼasi nima? amerika qitʼasi nimani anglatadi?
