Yerjan Xozeuli Qazixanov (1964-yil 21-avgust, Olmaota) — davlat xizmatchisi, tarixchi-sharqshunos, tarix fanlari nomzodi, Favqulodda va Muxtor elchi.
| Yerjan Qazixanov | |
|---|---|
qozoqcha: Ержан Хозеұлы Қазыханов | |
| Mansab davri 2011-yil 11-aprel – 2012-yil 24-sentabr | |
| Prezident | Nursulton Nazarboyev |
| Vazir | Karim Masimov |
| Oʻtmishdoshi | Qanat Saudabaev |
| Vorisi | Yerlan Idirisov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1964-yil 21-avgust Olmaota |
| Siyosiy partiyasi | Amanat partiyasi |
| Mukofotlari | Parasat ordeni |

Biografiyasi
Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetin tamomlagan (1987). Kasbi: Tarixchi-sharqshunos. SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasi. Hindiston xalqaro munosabatlar instituti.
- 1987-1989yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan .
- 1989-1992-yillarda . Qozogʻiston SSR Tashqi ishlar vazirligi protokol-siyosiy boshqarmasi ikkinchi kotibi, birinchi kotibi.
- 1992-1995-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi, boshliq oʻrinbosari;
- 1995-2000-yillarda Qozogʻiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi va maslahatchisi boʻlgan.
- 2000-2003-yillarda Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Koʻp tomonlama hamkorlik departamenti direktori boʻlgan.
- 2003-2007-yillarda Qozogʻiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakili, shuningdek, Qozogʻiston Respublikasining Kuba Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimlarida ishlagan.
- 2007-2008-yillarda Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.
- 2008-yil fevraldan dekabrgacha Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi.
- 2009-2011-yillarda Qozogʻiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi, Qozogʻiston Respublikasining Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili.
- 2011-yilning fevralidan apreligacha — Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.
- 2011-yil 11-apreldan 2014-yil 17-sentabrgacha Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.
- 2014-yil 17-sentabrdan 2017-yil fevraligacha Qozogʻistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.
- 2017-yilning fevral oyidan buyon Qozogʻiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Mukofotlar
- „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (2005)
- „Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligiga 10 yil“ (2001)
- „Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 10 yil“ (2005)
- „Qozogʻiston Respublikasi parlamentiga 10 yil“ (2006)
- „Ostonaning 10 yilligi“ yubiley medallari bilan taqdirlangan (2008).
- „Hurmat“ ordeni.
Oila
- Xotini: Qazixanova Danara Mixaylovna
- Bolalari: qizi — Aygerim, oʻgʻli — Tayir
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yerjan qazixanov haqida ma’lumot. yerjan qazixanov nima? yerjan qazixanov nimani anglatadi?
