Ayden Edford Heaven — Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi markaziy himoyachisi.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ayden Edford Heaven | ||
| Tavallud sanasi | 22-sentyabr 2006-yil | ||
| Tavallud joyi | Enfield, London, Angliya | ||
| Boʻyi | 1.89 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
| Raqami | 26 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2015–2019 | West Ham United | ||
| 2020–2025 | Arsenal | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2024–2025 | Arsenal | 0 | (0) |
| 2025– | Manchester United | 1 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2024 | Angliya U18 | 2 | (0) |
| 2024– | Angliya U19 | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-mart uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
Arsenal
Heaven 8 yoshida West Ham United akademiyasiga qoʻshilgan va u yerda 4 yil davomida o'ynagan. Chelseada sinov mashg'ulotlaridan oʻtgandan soʻng u bolaligidan qoʻllab-quvvatlagan Arsenal klubi akademiyasiga borib qoʻshilgan. U 2023-yil yozida Arsenal bilan stipendiya shartnomasini imzolagan. 2023–2024-yilgi mavsum davomida u vaqti-vaqti bilan Arsenalning asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarda qatnashgan.
Heaven 2024-yilgi mavsumoldi tayyorgarligi davomida Arsenalning asosiy jamoasi bilan faol mashgʻulotlarda ishtirok etgan va jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tomonidan 2024-yil avgust oyida Myles Lewis-Skelly va Ethan Nwaneri bilan birgalikda alohida maqtovga sazovor boʻlgan. Keyingi oyda u Premyer-ligada Tottenhamga qarshi Shimoliy London derbisida jamoa zaxirasiga kiritilgan. U jamoa safidagi debyutini 2024-yil 30-oktabrda Angliya liga kubogi doirasida Preston North Endga qarshi safarda kechgan uchrashuvda amalga oshirgan.
Manchester United
2025-yil 1-fevralda Heaven Manchester United jamoasi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan. U 2024–2025-yilgi Angliya kubogi doirasida Fulhamga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib asosiy jamoadagi debyutini amalga oshirgan. 9-mart kuni u Premyer-ligada Arsenalga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U ikkinchi boʻlimda Leny Yoro oʻrniga maydonga tushirilgan.
Xalqaro faoliyati
2024-yil may oyida Heaven Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
Oʻyin uslubi
Heaven markaziy yarim himoyachi sifatida ham, markaziy yoki chap qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladigan futbolchi sifatida qaraladi.
Statistikasi
Club
- 2025-yil 9-mart holatiga koʼra
| Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Arsenal U21 | 2023–24 | — | — | — | — | 2 | 0 | 2 | 0 | |||||
| 2024–25 | — | — | — | — | 1 | 0 | 1 | 0 | ||||||
| Total | — | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | ||||||
| Arsenal | 2024–2025 | Angliya Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
| Manchester United | 2024–25 | Angliya Premyer-ligasi | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | — | 2 | 0 | ||
| Umumiy | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | ||
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ayden heaven haqida ma’lumot. ayden heaven nima? ayden heaven nimani anglatadi?