Andijon qirgʻizlari Pekinda 1761-yil
| Andijon qirgʻizlari Анжиян кыргыздары, Себей кыргыздары | |||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
[[Fayl: Qo'rg'ontepa tumani Chiroqtamga qishlog'i 1930 yil|300px]] | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Umumiy aholi soni | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| 400 mingdan 550 mingacha | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Katta aholiga ega mintaqalar | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tillar | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Qirgʻiz tili andijon qirgʻiz shevasi, Sharqiy sheva, G'arbiy sheva | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Dinlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Islom, Sunniy | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Qarindosh etnik guruhlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Qirgʻizlar, Qozoqlar, Qoraqalpoglar,No'gaylar |
Andijon qirgʻizlari — Andijon viloyatidagi etnik guruh. Qirgʻizlarning Oʻzbekiston hududidagi eng yirik subetnosi. Viloyatning sharqiy tumanlari aholisi (210 ming kishi rasmiy), 400 ming kishi (norasmiy). Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Xo'jaobod, Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarida yashashadi. Qirgʻiz tilida soʻzlashadi.
Andijonda qirgʻiz millatining shakllanishi
Qo'qon xonligi davrida Fargʻona vodiyisida Qirgʻizlar 3 guruhga bo'lingan.
- Oloy qirgʻizlari (Алай кыргыздары)
- Aqsi qirgʻizlari (Аксы кыргыздары)
- Andijon qirgʻizlari (Анжиян кыргыздары, Булгачы кыргыздары, Себей кыргыздары).
Markaziy Osiyo xalqlarining XIX asr 2-yarmi — XX asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bogʻliq.
Tarixchi M.Vaxobovning taʼkidlashicha, Andijon Qirgʻizlari millat sifatida 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida, yaʻni kapitalistik munosabatlarning mintaqaga kirib borishi bilan shakllana boshlagan.
Qoʻrgʻontepa tumani
Qoʻrgʻontepa tumanida O'zbekiston Respublikasida eng ko'p qirgʻizlar istiqomad qiladi. Tumanda 175 ming (norasmiy), 150ming (rasmiy) istiqomad qiladi. Dardoq, Azad,Bo'riliq, Manas (muqur), Ashqaltepa, Madaniyat, Chimyon, Eshonobod, Sutqon, Oltinsoy, Namuna, Tashloq, Dardoqtepa, Boshtut, Yortibosh, Dehqonchek, Chiroqtamga, Qizil bayroq, Beshqaltaq, Bo'ston, Ishtimayat va Savayning barcha hududlarida yashab kelmoqdalar. Tumanda 8ta qirgʻiz maktab va Respublikasida yagona litsey faoliyat koʻrsatadi. Tumanda qirgʻizlar urf odatlarni juda yaxshi saqlanib qolgan. To'y va marosimlarda milliy qalpog' va kiyimlarini qiyishadi. Sunnat to'ylarda qo'noq (Конок) boqishadi. O'limlarda esa pul mablag'lari to'plashadi.
Milliy bayroq
Bayroq rasmiy hisoblanmaydi ushbu Bayroq etnik bayroq hisoblanadi. Ushbu bayroq Andijon qirgʻizlarining bayrog'i hisoblanadi.
- Qizil rang tomirimizdagi qon,Yarim oy Andijon qirgʻizlari musulmon ekanligini bildiradi. Uch yulduz esa Ichkilik, O'ng qanot, So'l qanot tarmoqlari hisoblanadi. Oq rang esa Ena suti Ena tili hisoblanadi.
Xonobod shahri
Xonobod shahrining Xidirsha, Qorabogish va Pozilmon qishlogʻida joylashgan. 2 ta Qirgʻiz tilida o'rta taʼlim maktabi bor.
Jalaquduq tumani
Xo'jaobod tumani
Asosan Orday, Qorabuloq, Uchkoʻcha, Mustahkam hududlarida yashashadi
Marhamat tumani
Shahrixon tumani
Shahrixon tumanida Bo'ston, Xidirsha, Quruqsoy, Nayman, Toyit, Qalmoq va Qo'rg'oncha qishlog'idagi tub aholi qirgʻizlar hisoblanadi.
- Bo'ston qishlog'ida Bo'ston urugi,
- Naymanda Nayman va Munduz urugi,
- Xidirshada Xidirsha, Qesaq va Qipchoq urugi,
- Qalmoq qishlog'ida Teyit urugi,
- Toyit va Qo'rg'oncha qishlog'ida Teyit urugilar istiqomad qiladi.
Shahrixon tumani Qirgʻiz maktab yo'q shuning uchun yoshlar o'zbek tilida muloqot qilishadi. Oqsoqollar esa Qirgʻiz tilini bemalol muloqot qilishadi. To'y va marosimlar O'zbeklashib ketgan. Sunnat to'ylar bir oz saqlanib qolgan.
Asaka tumani
Buloqboshi tumani
Asosan Sharq Yulduz, Novvoq, Paxtaobod, Bo’ston va boshqa joylarda yashaydi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, andijon qirgʻizlari haqida ma’lumot. andijon qirgʻizlari nima? andijon qirgʻizlari nimani anglatadi?