Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Liam Rory Delap 2003-yil 8-fevralda tavallud topgan – professional inglizfutbolchisi, Angliya chempionatining „Stok Siti“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynayd

Liam Delap

Liam Rory Delap 2003-yil 8-fevralda tavallud topgan – professional inglizfutbolchisi, Angliya chempionatining „Stok Siti“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi. U bu klub tarkibiga Angliyaning Manchester Siti klubidan ijara asosida kelib qoʻshilgan.

Liam Delap
Delap 2024-yil Ipswich Town jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Liam Rory Delap
Tavallud sanasi 8-fevral 2003-yil (2003-02-08) (23 yosh)
Tavallud joyi Winchester, Angliya
Boʻyi 6 fut 1 inch (1.86 m)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2019 Derby County
2019—2020 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2024 Manchester City 2 (0)
2022—2023   Stok Siti 16 (1)
2023   Preston North End 15 (1)
2023—2024   Hull City 31 (8)
2024—2025 Ipswich Town 37 (12)
2025— Chelsea 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018 Angliya U15 1 (0)
2018—2019 Angliya U16 9 (6)
2019 Angliya U17 2 (2)
2021 Angliya U18 1 (1)
2022 Angliya U19 5 (1)
2022—2023 Angliya U20 7 (1)
2023—2025 Angliya U21 12 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 25-may uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Delap „Manchester Siti“ akademiyasiga 2019-yilda „Derbi Kaunti“ klubidan kelib qoʻshildi. U yoshligidanoq oʻz iqtidorini namoyish qildi va Angliya terma jamoasi bilan bir necha bor Yoshlar Ligasida oʻynadi. Delap 2020-yilda boʻlib oʻtgan 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Premyer-liga kubogi finalida bir assist amalga oshirdi va ikkita gol ham urdi.

2020-yil 24-sentyabrda Delap APL kubogi doirasida „AFC Bornmut“ga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida oʻzining asosiy tarkibdagi debyutini oʻtkazdi va oʻzining birinchi golini 18-daqiqada urdi. Uchrashuv tugaganidan soʻng soʻng klub murabbiyi Pep Gvardiola uni maqtab, Delap asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarni davom ettirishini tasdiqladi. Uch kundan soʻng u Premyer-ligadagi debyutini oʻz uyida „Lester Siti“ ga qarshi oʻtkazdi. U 51-daqiqada Fernandinyoning oʻrniga maydonga tushdi va u maydonga tushgan bahsda „shaharliklar“ ning qoʻli 5:2 hisobida baland keldi. 2021-yil aprel oyida Gvardiola Delap keyingi mavsum oldidan doimiy ravishda asosiy jamoa bilan shugʻullanishini tasdiqladi. Delap oʻzining birinchi kubogini 25-aprel kuni „Manchester Siti“ bilan „Uembli“ stadionida Liga kubogi finalida „Tottenxem“ni 1:0 hisobida magʻlub etganida qoʻlga kiritdi. Biroq Delap asosiy tarkibda oʻyinga tushmagan. Aksincha, oʻyinni tribunada oʻtirib kuzatishga majbur boʻlgan.

2021-yilgi mavsumoldi mashgʻulotlarida Delap oyogʻidan jarohat oldi, natijada u „Lester Siti“ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yubordi, bu oʻyinda „Manchester Siti“ 1:0 hisobida magʻlub boʻldi va keyingi Premyer-liganing „Tottenxem“ ga qarshi oʻyinida ham magʻlubiyatni qarshiladi. 20-avgust sanasida uni ijaraga olmoqchi boʻlgan chempionatning bir qancha klublari tomonidan qiziqishlar tufayli „Manchester Siti“ Delap bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va uni 2026-yilgacha klubda qolishga koʻndirdi. Bir qator jarohatlardan soʻng u mavsumdagi ilk oʻyinini 2022-yil fevralida Angliya kubogi 3-tur doirasidagi „Fulxem“ ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi. Delap Premyer-liga doirasida kechgan „Norvich Siti“ ga qarshi uchrashuvda 4-golni penalti orqali urdi va „shaharliklarning“ 4:0 hisobida gʻalaba qozonishini taʼminladi. 2022-yil 15-fevralda Delap UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida Bernardu Silva oʻrniga maydonga tushdi va oʻsha oʻyinda uning klubi Portugaliya chempioni „Sporting CP“ ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

2022-yil 18-avgustda Delap 2022-23-yilgi mavsum uchun ijara asosida „Stok Siti“ga oʻtdi. U 2022-yil 8-oktyabrda „Stok Siti“ safida „Sheffild Yunayted“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻzining birinchi golini kiritdi.

Xalqaro karyera

Delap Angliya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U Turkiyadagi U16 Xalqaro terma jamoalar uchun boʻlib oʻtgan „Mercedes-Benz Egey-2019“ turnirida eng yaxshi toʻpurar boʻldi va U17 uchun oʻynashni davom ettirdi.

2021-yilning 29-martida Delap U18 doirasidagi Lekvit stadionida boʻlib oʻtgan Angliya va Uels oʻyinida oʻzining terma jamoa safidagi ilk debyutini amalga oshirdi. Ushbu oʻyin 2:0 hisobida Angliya foydasiga hal boʻlgan.

2022-yil 23-mart kuni Delap Beskot stadionida 2022-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashi doirasida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻyinda (3:1) U19 terma jamoa safida debyutini oʻtkazdi.

2022-yil 17-iyunda Delap 2022-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionati uchun Angliya U19 terma jamoasiga kiritildi. U guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda oʻyindagi yagona golga mualliflik qildi. 2022-yilning 1-iyulida Delap finalda qoʻshimcha daqiqalarda zaxiradan maydonga tushdi va Aaron Remsiga oʻyindagi soʻnggi golini kiritishiga yordam berdi, oʻsha oʻyinda Angliya Isroilni 3:1 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi.

2022-yil 21-sentyabrda Delap Angliya U20 terma jamoasida debyut qildi va „Pinatar Arenada“ Chili ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti

Delap Xempshir shtatining Vinchester shahrida tugʻilgan va Irlandiya Respublikasi terma jamoasi sharafini himoya qilgan sobiq professional futbolchi Rory Delapning oʻgʻli. Uning bobosi va uchta amakisi Donegal okrugining Letterkenni shahridan boʻlishgan.

Karyera statistikasi

match played 12 November 2022
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Manchester Siti U21 2020-21 2 3 2 3
2021-22 2 0 2 0
Jami 4 3 4 3
Manchester Siti 2020-21 Premyer-liga 1 0 1 0 1 1 0 0 0 0 3 1
2021-22 Premyer-liga 1 0 1 0 0 0 1 0 0 0 3 0
2022-23 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 1 0 1 1 1 0 0 0 6 1
Stok Siti (ijara asosida) 2022-23 Chempionat 17 1 0 0 0 0 17 1
Karyera jami 19 1 2 0 1 1 1 0 4 3 27 5
  1. Appearances in EFL Trophy
  1. Appearance in UEFA Champions League

Yutuqlar

Angliya U19

  • 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2022

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, liam delap haqida ma’lumot. liam delap nima? liam delap nimani anglatadi?

Yuqori